Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
Bunday kategoriyalar qatoriga quyidagilar kiradi: yakkalik va umumiylik; hodisa va mohiyat; shakl va mazmun; qism va butun; sabab va oqibat; tasodif va zaruriyat; imkoniyat va voqelik. a) YAkkalik, xususiylik va umumiylik. YAkkalik, xususiylik va umumiylik borliqdagi narsa va hodisalarning har biriga xos alohida,
ma’lum guruhiga xos maxsus va hammasiga xos umumiy tomonlari, xususiyatlari hamda ular
o‘rtasidagi bog‘anish va aloqadorlikni ifodalaydi.
Alohida narsa va hodisagagina xos bo‘lib, bu narsa va hodisani boshqa narsa va hodisadan farq
qiluvchi, takrorlanmaydigan, individual belgi va xususiyatlar birligi
yakkalik deyiladi. Yakkalik
alohida narsa va hodisalarni ham, ulardagi alohida tomon, belgi va xossalarni ham aks ettiradi.
Ko‘pchilik narsa va hodisalarga (yoki ularning turlariga hamda tomonlariga) xos bo‘lgan
o‘zaro o‘xshash, bir xil, takrorlanuvchi belgi va xususiyatlar birligini aks ettiruvchi tushuncha
umumiylik deb ataladi. Umumiylik borliqdagi ko‘pchilik narsa va hodisalarga (yoki ularning
tomonlariga) xos bo‘lgan umumiy belgi va xususiyatlarning fikriy in’ikosidir. Umumiylik bir
sinf yoki bir turga kirgan narsa va hodisalarni ham ifodalaydi. Chunki borliqda har bir narsa va
hodisa boshqa narsa va hodisalar bilan albatta, biror umumiy tomonga, xossaga, belgi va
xususiyatga egadir.
Narsa va hodisalarga xos maxsus tomonlar, xususiyatlar birligi
xususiylik kategoriyasida
ifodalanadi. Xususiylik kategoriyasi narsa va hodisalardagi alohidalik va umumiylik kabi
tomonlar o‘rtasidagi alohidalikka nisbatan umumiy, umumiylikka nisbatan alohida bo‘lgan
tomonlar, belgilar, xususiyatlar va aloqadorliklarni ifodalaydi.
Bir butun borliqdagi hamma narsa va hodisalarga xos bo‘lgan tomonlar, belgi va
xususiyatlar eng umumiylikdir. Eng umumiylik hajm jihatdan boshqa kengaytirib bo‘lmaydigan
universal tushunchadir. Masalan: Ahmad
odam
tirik mavjudot, nihoyat
materiya
borliq. «Borliq» tushunchasi bu erda eng umumiylikdir.
Yakkalik, xususiylik va umumiylik bir-biri bilan o‘zaro dialektik munosabatda bo‘ladi.
Binobarin, yakkalik bilan umumiylik xususiylik orqali bog‘langan bo‘lib, ular o‘zaro
aloqadorlikdadir. Xususiylik yakkaliklardan tashkil topib, umumiylikni alohidalik bilan
bog‘laydi. Umumiylik esa yakkaliklardan ajralgan holda bo‘lmaydi, balki yakkaliklarning umu-
miy xususiyatlari, belgilari, tomonlari, bog‘lanishlari shaklida har bir yakkalikning o‘zida