Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA KATEGORIYALARI 75
rivojlanishning siklligi, uning
chiziqsizligi tabiat va jamiyatda jarayonlar kechishining ancha
keng tarqalgan
shakli hisoblanadi.
Uchinchidan, tabiiy va ijtimoiy sikllarda rivojlanish ham, tanazzul ham bo‘lmasligi mumkin:
o‘zgarish aylanma harakat qiladi. Inkorni-inkorda rivojlanish quyi bosqichining o‘ziga xos
xususiyatlari yuqoriroq bosqichda takrorlanishi yuz beradi
. Inkorni-inkor qonuni – bu shunday bir qonunki, unga muvofiq rivojlanish jarayoni yangining
eskini dialektik inkor etish cheksiz zanjiridan iborat bo‘ladi, bunda rivojlanish avvalgi
bosqichlarining barcha muhim jihatlari yangida saqlanadi va umuman bu jarayon hujumkor,
yuksalib boruvchi yo‘nalishga ega bo‘ladi. Ayni vaqtda rivojlanish jarayonida uning oliy
bosqichlarida avvalgi bosqichlarning ayrim jihatlari va tomonlari sifat jihatidan yangicha asosda
takrorlanadi va ayni hol to‘g‘ri chiziq, tutash doira bo‘ylab emas, balki spiralga yaqinlashuvchi
egri chiziq bo‘ylab yuksalishni belgilaydi. Harakatning spiralsimonligi rvojlanishning siklligini
aks ettiradi.
Xulosalar. Dialektika rivojlanish falsafasining puxta ishlab chiqilgan konsepsiyasidir. Hodisalar
rivojlanishining umumiy nazariyasi sifatida u rivojlanishning mohiyatini anglab etishga yo‘l
ochadi, tabiat, jamiyat va tafakkurdagi real jarayonlarni ular amalda qanday bo‘lsa, shunday aks
ettiradi. Dialektika narsalar va hodisalarni o‘rganishga ularning vujudga kelishi,
harakati va rivojlanishi nuqtai nazaridan yondashadi, shu sababli u ob’ektiv jarayonlarni konkret,
har tomonlama o‘rganishga yo‘l ko‘rsatadi.Dialektika bilan bir qatorda rivojlanishning metafizik
konsepsiyasi, sofistika, eklektika, ekzistensial dialektika, sinergetika va boshqa konsepsiyalar
mavjud.