Sakrash –
bu bir sifatning boshqa sifatga aylanish vaqti, shakli, usuli, miqdor o‘zgarishlarining uzluksizligi, bosqichma-bosqichligidagi uzilishdir. Masalan, sakrash – bu Erda hayotning paydo
bo‘lishi, hayvonlar dunyosidan insonning ajralib chiqishi, bir ijtimoiy tuzum o‘rniga boshqa
ijtimoiy tuzum kelishi, buyuk ilmiy va texnikaviy kashfiyotlardir. Har qanday sakrash
rivojlanishda o‘tish davrini tavsiflaydi. O‘z tabiatiga ko‘ra u doim ziddiyatlidir, chunki
yangining tug‘ilishidan ham, eskining qarshiligidan ham dalolat beradi.
Inkorni-inkor. Inkorni-inkor qonunining mohiyati nimadan iborat? Ayni bir atama bunday
ketma-ket qo‘llanilishining ma’nosi nimada? Inkor kategoriyasi rivojlanayotgan ob’ekt tarixidagi
bir lahzanigina tavsiflaydi. Bitta inkor harakati o‘zgarish qaysi yo‘nalishda yuz berayotgani,
oldingi va keyingi voqealar oqimida u qanday ahamiyatga ega ekanligini, yuz bergan voqeaning
mazmunini aniqlash uchun doim ham imkoniyat yaratavermaydi. Boshqacha aytganda, inkorni-
inkor tushunchasi rivojlanish jarayonining muhim xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.
«Inkor» va «inkorni-inkor» kategoriyalari dialektikaga Gegel tomonidan kiritilgan bo‘lib, ayni
shu mutafakkirning sa’y-harakatlari bilan ular umumiy falsafiy kategoriyalar maqomini olgan.
Inkor va inkorni-inkor kategoriyalaridan Gegel rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritish
vositasi sifatida foydalangan. Gegel, shuningdek, uning o‘tmishdoshlari va izdoshlari ko‘rsatib
bergan ba’zi bir o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘rib chiqamiz.
Birinchidan, inkorni-inkor rivojlanish yo‘nalishini ko‘rish uchun imkoniyat yaratadi. Mazkur
hodisa taraqqiyot yoki tanazzul alomati ekanligini bir inkor
harakatining o‘zidan aniqlash
mushkul. SHu bois, masalan, qabul qilingan muayyan qonun, saylov natijalari va shu kabilar
haqida xulosa chiqarishga shoshilmaslik kerak.
Ikkinchidan, inkorni-inkor rivojlanish shaklining tavsifi bo‘lib xizmat qiladi . Ma’lumki,
Gegelning dialektika tizimida rivojlanish mantiqiy
ziddiyatning yuzaga kelishi va uning bartaraf
etilishi sifatida tavsiflanadi. Bu jarayon «tezis–antitezis–sintez» formulasiga muvofiq yuz beradi.
Dialektika kontekstida rivojlanishning uch bosqichi ijtimoiy va tabiiy tizimlar rivojlanishining
ko‘p sonli ssenariylaridan biri sifatida
namoyon bo‘ladi. Ammo, Gegel qayd etgan