3. Qonun va uning tasnifi. Rivojlanishning umumiy qonunlari. Hodisalarni tavsiflashdan
ularning mohiyatini anglab etishga o‘tish hodisalarda umumiy jihatlarni topishni talab etadi.
Bunda vazifa turli hodisalar o‘rtasida umumiy jihatlarni topishdangina iborat emas. Hodisalarni
birlashtiruvchi va ularning birligini belgilovchi asosni tushunib etish zarur. Bu asos – hodisalarni
«biriktiruvchi» va ularni bir-biriga yo‘ldosh bo‘lish, uyg‘unlashish va muvofiqlashishga majbur
qiluvchi amalda mavjud bo‘lgan barqaror aloqani aks ettiruvchi qonundir. Qonunlarni bilishga
hodisalarni ilmiy o‘rganish natijasida erishiladi.Odatda, bu olimlarning tafakkurdan uzoq zahmat
chekishni talab etuvchi juda og‘ir ishdir. Voqelikning biron-bir qonunini aniqlash uchun olim
o‘rganilayotgan hodisalar haqidagi dastlabki ma’lumotlarning ko‘p sonli to‘plamlariga
tayanishiga to‘g‘ri ke la di. Bu ma’lumotlar shunday tartibga solinishi va umumlashtirilishi
lozimki, ho di salarning mazkur sohasi asosiy elementlar va munosabatlarni farqlash imkonini
beradigan tizim sifatida namoyon bo‘lsin.
4. Falsafa qonunlari tabiat va jamiyatda insonning ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan biri ikkinchisini taqozo qiluvchi qonunlardir. Falsafa
qonunlari tizimida dialektik
ziddiyatlilik qonuni markaziy o‘rinni egallaydi. Qonunning muhim jihatlarini aniqlash uchun
uning asosiy kategoriyalarini
ko‘rib chiqish kerak. Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan
boshlaymiz.
Qarama-qarshiliklar birligi qonuni. Qarama-qarshilik – narsalar va hodisa lardagi bir-birini taqozo qiluvchi va bir-birini istisno etuvchi tomonlar, xossalar, tendensiyalar, jarayonlarni aks ettiruvchi falsafiy kategoriya (assimilyasiya – dissimilyasiya, o‘zgaruvchanlik – tug‘malik, ishlab chiqarish – iste’mol qilish, yaxshilik – yomonlik va sh.k.). Qarama-qarshiliklar – o‘zaro
bog‘lanishli
bo‘lgan tushunchalar. Turli jihatlardan olingan taqdirda, ular o‘zaro birlikni
tashkil
etmaydi va bir-biriga zid bo‘lmasligi mumkin.
Qarama-qarshiliklar o‘rtasida ikki xil munosabat mavjud: yagonalik munosabati va qarshi harakatga doir munosabat . (qonunning klassik ta’rifida
«kurash» atamasi ishlatiladiki, u qonunning mohiyatini soddalashtiradi, chunki
mazkur atama
ko‘proq jamiyatga tegishlidir.)