Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


Oddiy hukmlarning birlashgan klassifikatsiyasi yoki hukmlarning asosiy turlari



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə308/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

Oddiy hukmlarning birlashgan klassifikatsiyasi yoki hukmlarning asosiy turlari. 
Bunda 
hukmlarning sifati va sub’ektning miqdori hisobga olinadi. Hukmlarning asosiy turlari 
quyidagilardir: 1) Umumiy tasdiq hukmlar. 
A
 
harfi bilan belgilanadi, «hamma 
S R
 
dir» 
formulalari orqali ifodalanadi. Masalan, «Hamma O‘zbekiston fuqarolari dam olish huquqiga 
ega». 2) Juz’iy tasdiq hukmlar 
J
 
harfi bilan belgilanadi, «ba’zi 
S R
 
dir» formulasi orqali 
ifodalanadi. Masalan, «Ba’zi talabalar mantiqni chuqur o‘rganganlar». 3) YAkka tasdiq hukmlar. 
A
 
harfi bilan belgilanadi, «bu 
S R
 
dir» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Bu talaba 
iqtisodchidir» va «Kant nemis filosofidir». 4) Umumiy inkor hukmlar. 
E
 
harfi bilan belgilanadi, 
«hech bir 
S R
 
emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Hech bir kitob mehnatsiz 
yaratilmaydi». 5) Juz’iy inkor hukmlar. 
O
 
harfi bilan belgilanadi, «ba’zi 
S R
 
emas» formulasi 
orqali ifodalanadi. Masalan, «Ba’zi yoshlar mantiqni o‘rganmagan». 6) YAkka inkor hukmlar. 

harfi bilan belgilanadi, «bu 
S R
 
emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Xalilov birinchi 
kursda o‘qimaydi». 
Oddiy hukmlar modalligiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: voqelik, ehtimollik va 
zarurlik hukmlari. Hukmlarning modalligi deyilganda ularda fikrni ifodalash shaklini tushinish 
kerak. 
Voqelik (assertorik) hukmlarda biror fakt qayd qilinadi. Masalan, «O‘zbekiston 1991 yil 
1 sentyabrda mustaqil deb e’lon qilindi. 
Ehtimollik (problematik) hukmlarda biror predmet va hodisa haqida hali tekshirilmagan, 
ehtimoliy fikr ifodalanadi. Masalan, «Toshkentda noyabr oyida qor yog‘ishi mumkin», «ehtimol 
bu kitob Qohirada nashr etilgan». Zaruriylik (apodiktik) hukmlarda zaruran ro‘y beradigan 
voqealar haqida fikr ifodalanadi. Masalan, «Parallel chiziqlar kesishmaydi». 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin