Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI. TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 156
Tavtologiya ham shu qoidaning buzilishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunda
aniqlanuvchi tushunchadan uning mazmunini ochish uchun foydalanilgan bo‘ladi.
Masalan, «Tamagir tamagirlik qiluvchi kishidir», desak, tavtologiyaga yo‘l
qo‘ygan bo‘lamiz.
g) Ta’rif iloji boricha inkor shaklida bo‘lmasligi kerak. Aks holda predmetga xos
bo‘lgan belgi o‘rniga unda yo‘q bo‘lgan belgi ko‘rsatiladi. Masalan, «Ong moddiy
emas», degan ta’rif «ong» tushunchasining mazmunini yaxshi ochib bera olmaydi.
Ta’riflashga o‘xshash mantiqiy usullar
Bilish jarayonida ta’riflashga o‘xshash usullar ham ishlatiladi. Ulardan tushunchani
ta’riflashning yuqorida biz ko‘rib chiqqan turlarini qo‘llash mumkin bo‘lmay
qolganda yoki unga zaruriyat bo‘lmaganda foydalaniladi:
a) ta’riflashga o‘xshash usullardan biri tushunchani unga qarama-qarshi bo‘lgan
tushuncha orqali ta’riflashdir. Bu usul bilan odatda kategoriyalar mazmuni ochib
beriladi. Masalan, «Ong materiyaning miyamizdagi in’ikosidir»;
v) tasvirlashda tushunchaning mazmuni u aks ettiruvchi predmetning ba’zi tashqi
belgilarini ko‘rsatish orqali aniqlanadi. Badiiy asarlarda tabiat manzaralarini,
personajlarning portretlarini chizish, sodir bo‘lgan birorta voqeaning bayon etilishi
tasvirlashga misol bo‘ladi;
s) tavsiflash yordamida predmetning ba’zi bir munosabatdagi muhim tur belgilari
ko‘rsatiladi. Bunga misol qilib birorta shaxsga berilgan tavsifnomani ko‘rsatish
mumkin.
Tafovutlash, ostensiv ta’riflash kabi usullar ham mavjuddir.
Ta’riflash bilishda katta ahamiyatga egadir. U qisqa holda predmet haqida yaxlit
fikr, tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Lekin predmet haqida fikr yuritganda u
bilan cheklanib qolish mumkin emas. U, albatta, bilish jarayonida boshqa bilimlar
yordamida konkretlashtirilishi, chuqurlashtirilishi zarur. Ana shundagina
tushuncha ifoda etuvchi predmet haqidagi tasavvur aniq, to‘laroq bo‘ladi.
Sinflar va kichik sinflar.
Tushunchaning hajmida ma’lum bir umumiy belgiga ega bo‘lgan predmetlar
to‘plami–sinf aks etadi. Sinfni tashkil etuvchi predmetlar sinfning elementlari deb
ataladi.Sinf elementlari cheklangan va cheksiz,noaniq yoki bo‘sh bo‘ladi.Sinf faqat
bir elementdan ham tashkil topishi mumkin.
Sinflar bilan mantiqiy amallarni bajarganda sinf elementlari haqida aytilganda fikr
umuman sinfga taaluqli deb ko‘rsatilsa va aksincha sinfga xos belgi uning
elementlariga ko‘chirilsa mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi.
Matematik mantiqda sinf tushunchasi to‘plam deb ataladi. Sinflar (to‘plamlar)
kichik sinflar (kichik to‘plam)ni o‘z ichiga olishi mumkin. Masalan; kvadratlar
to‘rtburchaklar to‘plamiga kiruvchi kichik to‘plamdir.