Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə300/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 
152 
ifodalanadigan nazariy qonunlar, g‘oyalar, nazariyalar mavjud empirik 
tushunchalarni, empirik qonunlarni umumlashtirish natijasida hosil bo‘ladi. 
Umumlashtirish muhokama yuritish jarayonida induktiv xulosa chiqarish usulida 
yaqqol 
ifodalangan 
bo‘ladi. Tushunchalarni umumlashtirishsiz fanning 
fundamental tushunchalarini yaratib bo‘lmaydi; mavjud bilimlarni tizimga solish 
qiyin va umuman, fan taraqqiy eta olmaydi. 
Tushunchalarni chegaralash amali esa, yaratilgan umumiy bilimlarni (nazariy 
tushuncha, g‘oya, nazariya va shu kabilarni) talqin etishda ishlatiladi. Masalan, 
Nyuton mexanikasidagi «Inersiya» tushunchasi Galiley nazariyasidagi «Erkin 
tushish» tushunchasi yordamida tushuntirilishi mumkin. 
Tushunchaning hajmini unda aks etgan predmetlarni ayrim guruhlarga (ayrim 
predmetlarga) ajratish yo‘li bilan aniqlashga tushunchani bo‘lish deyiladi. Bo‘lish 
amalini bo‘linuvchi tushuncha (hajmi aniqlanishi lozim bo‘lgan tushuncha), bo‘lish 
asosi (predmetning tushunchada fikr qilinadigan birorta umumiy belgisi) va bo‘lish 
a’zolari (bo‘lish natijasida hosil qilinadigan tur tushunchalar) tashkil etadi. 
Masalan, «inson»larni (bo‘linuvchi tushuncha) jinsiga ko‘ra, (bo‘lish asosi) erkak 
va ayollar (bo‘lish a’zolari)ga ajratish yo‘li bilan uning hajmi aniqlanadi. 
Bo‘linuvchi tushuncha – jins tushuncha, bo‘lish a’zolari – tur tushunchalar bo‘lib, 
ular o‘zaro birga bo‘ysunish munosabatidadirlar. 
Tushunchalarni bo‘lish amalini predmetlarni qismlarga ajratishdan farq qilish 
lozim. Masalan, avtomobilni kuzov, shassi, dvigatel va shu kabilarga ajratsak, uni 
qismlarga bo‘lgan bo‘lamiz. Predmetning qismi predmetning umumiy belgilariga 
ega bo‘lmasligi mumkin. SHuning uchun ham «Kuzov avtomashinadir», degan 
mulohaza hosil qilsak, u xato bo‘ladi. Agar «Avtomobil» tushunchasini «Engil 
avtomobil», «YUk tashuvchi avtomobil» tushunchalariga ajratsak, uni bo‘lgan 
bo‘lamiz. 
Bo‘lishning ikkita turi mavjud: asos bo‘lgan belgining o‘zgarishiga qarab bo‘lish 
va dixotomik bo‘lish. Birinchi turida predmetning birorta umumiy belgisi bo‘lish 
uchun asos qilib olinib, uning o‘zgarishiga muvofiq holda predmetlarning ayrim 
guruhlari aniqlanadi. Masalan, burchakning o‘zgarishiga qarab «uchburchak» 
tushunchasi uchta tur tushunchaga: «to‘g‘ri burchakli uchburchak», «o‘tmas 
burchakli uchburchak», «o‘tkir burchakli uchburchak»larga ajratiladi. Bo‘lish asosi 
qilib bo‘linuvchi tushunchaning mazmunida fikr qilinadigan har qanday umumiy 
belgini olish mumkin. Masalan, «uchburchak» tushunchasini tomonlariga qarab 
«teng tomonli uchburchak», «teng yonli uchburchak», «turli tomonli uchburchak» 
tushunchalariga ajratish mumkin. 
Tushunchaning qaysi belgisini bo‘lish asosi qilib olish bo‘lishda hal qilinishi lozim 
bo‘lgan vazifaga bog‘liq. Lekin qanday vazifani hal qilishdan qat’i nazar, bo‘lish 
o‘zining ob’ektiv asosiga ega bo‘lishi lozim, ya’ni bo‘lish asosi bo‘lgan belgi 
predmetning umumiy belgisi bo‘lishi shart. 
Dixotomik bo‘lish bo‘linuvchi tushunchani o‘zaro zid bo‘lgan ikkita tur 
tushunchaga ajratishdan iborat. Masalan, barcha kishilarni «dindorlar» va «dindor 
emaslar»ga ajratsak, dixotomik tarzda bo‘lgan bo‘lamiz. Dixotomik bo‘lish bir 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin