Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI. TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 151
Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish ularning mazmuni va hajmini
aniqlashtirishga, ularni bog‘lab, bir fikr shaklidan boshqa fikr shakliga o‘tishga
yordam beradi. Masalan, «talaba» va «a’lochi» tushunchalari o‘rtasidagi
munosabatni aniqlash asosida «Ba’zi talabalar a’lochilardir» degan mulohaza
shaklidagi fikrni hosil qilish mumkin.
Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish
Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish tushunchalar ustida olib
boriladigan amallar hisoblanadi. Ular tushunchaning mazmuni va hajmi o‘rtasidagi
teskari nisbat qonuniga muvofiq holda amalga oshiriladi.
Tushunchani chegaralash hajmi keng tushunchadan hajmi tor tushunchaga (jins
tushunchadan tur tushunchaga) fikran o‘tishdan iborat. Masalan, «mexanik
harakat» tushunchasidan «aylanma harakat» tushunchasiga o‘tsak, uning hajmini
chegaralagan bo‘lamiz. CHegaralashda berilgan tushuncha – «mexanik harakat»
jins tushuncha, deb qabul qilinib, uning mazmuniga tur tushuncha hosil qiluvchi
belgilar qo‘shiladi. Natijada unga nisbatan tur hisoblangan yangi tushuncha –
«aylanma harakat» tushunchasi hosil bo‘ladi.
CHegaralash amalini davom ettirib, «Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi»
tushunchasiga o‘tish mumkin. Demak, chegaralash davomida hosil bo‘lgan har bir
yangi tushuncha avvalgisiga nisbatan tur tushuncha bo‘ladi. CHegaralash amali
yakka tushuncha hosil bo‘lguncha davom ettirilishi mumkin. CHunki yakka
tushunchaga nisbatan tur bo‘lgan tushuncha yo‘q.
Tushunchani chegaralash amalining tuzilmasi quyidagicha:
A – Harakat.
V – Mexanik harakat.
S – Aylanma harakat.
D – Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi.
Tushunchani umumlashtirish hajmi tor tushunchadan hajmi keng tushunchaga (tur
tushunchadan jins tushunchaga) fikran o‘tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha
tur tushuncha deb qabul qilinib, uning mazmunidan tur hosil qiluvchi belgilar
chiqarib tashlanadi. Natijada mazmun jihatidan unga nisbatan torroq, lekin hajmiga
ko‘ra kengroq bo‘lgan jins tushuncha hosil bo‘ladi. Masalan, «aylanma harakat»
tushunchasi mazmunidan faqat ungagina xos bo‘lgan tur belgilarni chiqarib
tashlasak, «mexanik harakat» tushunchasini hosil qilamiz. Umumlashtirish
amalining chegarasi eng umumiy tushuncha, ya’ni kategoriyadir. CHunki
kategoriyalar uchun jins bo‘lgan tushuncha yo‘q.
Tushunchani umumlashtirish amalining tuzilmasi quyidagicha:
A – Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi.
V – Aylanma harakat.
S – Mexanik harakat.
D – Harakat.
Tushunchani chegaralash va umumlashtirish amallari kundalik hayotimiz va ilmiy
bilishda keng qo‘llaniladi. Xususan, barcha kategoriyalar, ular yordamida