Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI. TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 150
Doiralarning shtrixlangan qismi bir vaqtning o‘zida ham sportchi, ham talaba
bo‘lganlarni bildiradi.
Bo‘ysunish munosabatida tushunchalardan birining hajmi ikkinchisining hajmiga
to‘liq kirib, uni tashkil qiluvchi qism hisoblanadi. Masalan:
A – Fan.
V – Mantiq.
Bu munosabatdagi tushunchalardan biri bo‘ysundiruvchi (A), ikkinchisi (V)
bo‘ysunuvchi bo‘lib, ular jins-tur munosabatida bo‘ladi. Jins tushuncha
predmetlarning birorta sinfini, tur tushuncha esa shu sinfga mansub predmetlarning
bir guruhini yoki bittasini aks ettiradi. Mantiqda u yoki bu tushunchaning jins yoki
tur ekanligi nisbiy xarakterga ega. Har bir tushuncha o‘zidan umumiyroq
tushunchaga nisbatan tur, kamroq umumlashgan tushunchaga nisbatan jinsdir.
Masalan, milliy g‘oya, g‘oya, fikr tushunchalari o‘rtasida quyidagi nisbat mavjud:
«g‘oya» tushunchasi «fikr» tushunchasiga nisbatan tur, «milliy g‘oya»
tushunchasiga nisbatan jins bo‘ladi.
Sig‘ishmaydigan tushunchalar hajmi jihatidan umumiylikka ega bo‘lmagan
tushunchalar hisoblanib, bir sinfga kiruvchi har xil predmetlarni yoki predmetlar
guruhini aks ettiradi. Ularning umumiyligi faqat ana shunda. Bu tushunchalar
o‘rtasida ham uch xil munosabat bor: birga bo‘ysunish, qarama-qarshilik, zidlik.
Birga bo‘ysunish munosabati quyidagi tushunchalar o‘rtasida mavjuddir:
A – Fan.
V – Mantiq.
S – Fizika.
Bunda «mantiq» va «fizika» tushunchalari hajmlari jihatidan birgalikda «fan»
tushunchasining hajmiga bo‘ysunadi.
Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalarning hajmlari bir-birini istisno
qiladi. Ular predmetning (predmetlar guruhining) qarama-qarshi belgilarini aks
ettiradi, ya’ni biri predmetning ma’lum bir belgisini ifoda qilsa, ikkinchisi uni
inkor qiluvchi boshqa belgini aks ettiradi. Qarama-qarshilik munosabatidagi
tushunchalar o‘zlari bo‘ysunadigan tushunchaning hajmini to‘liq egallay olmaydi.
Masalan, «baland bo‘yli odam» va «past bo‘yli odam» tushunchalari «odam»
tushunchasining hajmini to‘liq qoplay olmaydi.
A – Odam.
V – Baland bo‘yli odam. A
S – Past bo‘yli odam.
Zidlik munosabatidagi tushunchalardan biri predmetning birorta xususiyatini ifoda
qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jihatidan noaniq bo‘lib qoladi. Zidlik
munosabatidagi tushunchalar, qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalardan
farqli o‘laroq, bo‘ysundiruvchi tushunchaning hajmini to‘liq qoplaydi. Masalan:
A – Odam.
V – E’tiqodli odam.
S – E’tiqodsiz odam. A