Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI. TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 146
talabalarda o‘z nutqining asosli bo‘lishini ta’minlaydi, fikrdagi ziddiyatlarni
ochishga yordam beradi.
Mantiqni yaxshi bilish turli ilmiy uchrashuvlar, munozaralar, muhokamalarda
muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Xususan, bunday hollarda fikrlash sub’ekti
haqiqatni aniqlash yoki uning sofligini saqlab qolish, asoslash uchun mantiqiy
qonun – qoidalarni to‘g‘ri tadbiq eta bilishi, suxbatdoshining fikridagi xatolarni tez
topa olishi, o‘z fikrini dalilli qilib bayon etishi zarur. Bu esa uning mantiq fanini
yaxshi bilishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Tushuncha – tafakkurning mantiqiy shakli
Tushuncha – predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi
tafakkur shaklidir.
Belgilar deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga
o‘xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi.
Belgilar muhim yoki nomuhim bo‘ladi. Predmet belgisining muhim yoki nomuhim
bo‘lishi, bizning predmetga amalda qanday munosabatda bo‘lishimizga qarab ham
belgilanadi. Xususan, bir munosabatda muhim bo‘lmagan belgilar boshqa
munosabatda muhim bo‘lishi mumkin. Masalan, kishining layoqati uning qanday
kasbni tanlashi uchun muhim bo‘lsa, inson sifatida mavjud bo‘lishi uchun muhim
emas. Bunday muhim belgilar predmetning ma’lum bir munosabatdagi muhim
belgilari deyilib, ob’ektiv muhim belgilardan (predmetning mavjud bo‘lishi bilan
zaruriy aloqada bo‘lgan belgilardan) farq qiladi.
Predmet to‘xtovsiz harakatda, taraqqiyotda bo‘lganligi uchun vaqt o‘tishi bilan
uning muhim bo‘lgan belgisi nomuhim bo‘lgan belgiga yoki aksincha, nomuhim
belgisi muhim belgiga aylanishi mumkin.
Masalan, bevosita kuzatiladigan faktlar empirik bilish bosqichida muhim
ahamiyatga ega bo‘lsa, nazariy bilish bosqichida unga kamroq murojaat qilinadi.
Demak, tushunchada predmet o‘zining muhim belgilari orqali fikr qilinib, bu
belgilar predmetning umumiy va individual belgilari bo‘lishi mumkin. Masalan,
«G‘afur G‘ulom» tushunchasida predmetning umumiy belgilari (inson, shoir) bilan
bir qatorda, individual muhim belgilari (xususan, «Sen etim emassan» she’rining
muallifi) ham fikr qilinadi.
Tushunchaning hissiy bilish shakllaridan tubdan farq qilishiga alohida e’tibor
berish zarur. Sezgi, idrok va tasavvur predmetning yaqqol obrazlaridir. Biz faqat
birorta konkret predmetni, masalan, o‘zimiz yozib o‘tirgan qalamni idrok
qilishimiz yoki u to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishimiz mumkin. «Umuman
qalam»ni idrok qilib bo‘lmaydi. CHunki tushuncha predmetning yaqqol obrazi
emas, balki abstrakt obrazidir. Qalam tushunchasi o‘zida konkret qalamlarning
barchasini qamrab olgani holda, ularning har biriga xos bo‘lgan individual
belgilarni tashlab yuborib, umumiy, muhim belgilarini ifoda qiladi. Ayni paytda bu
belgilar qalamni boshqa predmetlardan, masalan, kitobdan farq qildirib turadigan
maxsus belgilar bo‘lib ham xizmat qiladi.
Tushuncha predmetning nomuhim belgilaridan chetlashar ekan, demak, uni
to‘laligicha aks ettira olmaydi. Bu ma’noda u hissiy bilish shakllariga nisbatan