Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI. TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 145
avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat
bo‘la oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamlarni
oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo‘lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga
solib ko‘radi. O‘z fikr-o‘yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi etuk odam
bo‘ladi».
Chuqur tahlilga, mantiqqa asoslanmagan bir yoqlama fikr odamlarni chalg‘itadi.
Faqat bahs-munozara, tahlilga asoslangan to‘g‘ri xulosalargina haqiqatni bilishga
yo‘l ochadi.
Bahs, munozara yuritishning, chin fikrlarni isbotlay bilishning, xato fikrlarni rad
etishning o‘ziga xos qonun-qoidalari mavjud. Bu qoidalarni bilish har bir insonga,
shu jumladan, talabalarga chin fikrni xato fikrdan ajrata bilish, to‘g‘ri tafakkurlash
madaniyatini shakllantirish imkonini beradi.
Mantiq ilmining fan va texnika taraqqiyoti uchun ahamiyati
Mantiqiy kategoriyalarning universal harakterga ega bo‘lishi ularni bilishda, ishlab
chiqarish jarayonlarida, texnika tarmoqlarida ixtisoslashtirilgan holda tadbiq etish
imkoniyatini tug‘diradi. Bu esa, mantiqdan turli fanlarning konkret masalalarini hal
qilishda foydalanishning keng imkoniyatlarini vujudga keltiradi.
Fanning tobora rivojlanib borishi, borliqning murakkab qonunlarining kashf
etilishi ilmiy bilish metodi va mantiq apparatini shunga moslashtirishni,
tafakkurning har bir konkret masala xaqida aniq, xatosiz, tez hulosalar bera olishini
talab qiladi.
Ilmiy va texnik jarayonning bunday talabi natijasida turli fanlarga ixtisoslashgan
mantiq tarmoqlari vujudga keldi.
Fan qadriyatlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega. U katta ilmiy saloxiyatni, ijodiy
kuch – quvvatni birlashtiradi, millat dunyoqarashini shakllantiradi, ta’lim – tarbiya,
axloq me’yorlarini vujudga keltiradi, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalaydi,
mamlakatda qudratli ilmiy potensialni yaratishga xizmat qiladi.
Mantiqni bilish, ayniqsa, ilm fan bilan shug‘ullanish, ilmiy - tadqiqot ishlarini olib
borish, borgan sari ko‘payib borayotgan ilmiy axborotlarni tartibli ravishda
o‘zlashtirish, ilmiy masalalarning tuzilishini tez bilib olish uchun ham muhim rol
o‘ynaydi. Mantiqning ilmiy – nazariy ishlar hamda insonning amaliy faoliyati
uchun bo‘lgan ahamiyatini alohida uqtirish bilan birga, chin hulosa chiqarishning
hal qiluvchi sharti – hayotni chuqur o‘rganish, har bir voqelikdagi hollarni mantiq
talablari asosida bilish zarur.
Mantiq fanining fikr yuritish madaniyatini o‘stirishdagi ahamiyati
Mantiq inson tafakkuri madaniyatini ko‘tarish va insoniyatning uzoq tajribasi
natijasida takomillashgan tafakkur shakllari, qonunlari va qoidalarini bilish uchun
xizmat qiladi. U inson fikrining ketma – ket, ziddiyatsiz va asosli bo‘lishini
ta’minlaydi. Mantiq fani mazmunini chuqurroq o‘rganish kishilarning o‘z tafakkuri
va o‘zgalar tafakkuri natijalariga tanqidiy qarash xislatlarini rivojlantiradi.
Tafakkurning bu sifatlari esa insonning turli ilmiy va amaliy faoliyatlari sohasidagi
ishi uchun katta ahamiyatga ega. Mantiqiy usullardan to‘g‘ri foydalana olish,
ta’lim tarbiya jarayonida isbot va raddiyaning mantiqiy tomonlarini bilish