Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə292/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 
144 
oshirish maqsadida xatoga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan barcha hollarda aklni 
to‘g‘rilab turadi”.
Mantiq ilmining ta’lim sohasidagi vazifalari ham jiddiydir. O‘quv jarayonining 
samaradorligi ma’lum bir darajada ishlatiladigan tushunchalarning, terminlarning 
aniq bo‘lishiga, muammolarning mantiqan to‘g‘ri qo‘yilishi va hal qilinishiga, 
mavjud gipotezalar strukturasini to‘g‘ri tahlil qila olishga, argumentlash 
qoidalaridan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. 
Fan uchun formal mantiq murakkab muammolarni echish vositasini beradi. 
Bunday vositalar, odatda, ilmiy nazariyaning strukturasini o‘rganishda, unda 
ishlatiladigan formalizmning mohiyatini tushuntirib berishda, formal ziddiyatlar 
bo‘lsa, ularni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Zamonamiz fanlarining barchasiga inson qadr – qimmati, uning axloqi, 
madaniyati nuqtai nazaridan qarash kerak. Mantiq fani ham bundan istisno emas. 
Inson muammosining xal qilinishi, uning turmush tarzi, moddiy, ma’naviy, axloqiy 
nuqtai nazardan takomillashishiga bog‘liq. 
Insoniylik muammosini hal qilishda mantiq ilmi, ma’naviy madaniyatning tarkibiy 
qismi sifatida, alohida ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, hozirgi zamon fanida 
yuksak kashfiyotlar, ijtimoiy hayotda murakkab munosabatlar yuz bermoqda, 
bularni tahlil qilish uchun esa mantiqiy fikrlash madaniyati kerak. Fan yordamida 
inson faoliyati rivojlandi, uning oyoq, qo‘li va boshqa organlarining o‘rnini 
bosadigan mashinalar paydo bo‘ldi. Mantiq ilmini tadbiq etish natijasida inson 
intellektini rejalashtiruvchi «aqliy mashina» lar vujudga keldi, binobarin, sun’iy 
aql vujudga kelmoqda.
Bularning barchasi insonning aqliy va jismoniy mehnatini bajaradigan mashina 
yaratishning chegarasi bormi? Agar chegarasi bo‘lmasa, insonning o‘zi kelajakda 
qanday axvolga tushib qoladi ?, kabi savollarni keltirib chiqarmoqda va ularga 
javob berishni taqozo etadi. Bu hozirgi davrda hal qilinishi zarur bo‘lgan dolzarb 
muammolardan biridir. Shuning uchun har qanday fan, shu jumladan mantiq ilmi, 
inson hayotining tabiiy va ijtimoiy tomonlarini mutanosib saqlash va 
takomillashtirishga alohida ahamiyat berishi kerak.
Mantiq fanining ilmiy ishonch – e’tiqodning shakllanishida tutgan o‘rni 
Faktlar va boshqa dalillarga tayanib yuritiladigan fikr yuksak ishontirish kuchiga 
ega bo‘ladi, kishilarda ishonch-e’tikodni mustahkamlaydi. Bilishning maqsadi 
ilmiy asosga ega bo‘lgan e’tiqodni yaratishdan iborat. Ana shuning uchun ham 
yoshlarda ilmiy asosga ega ishonch-e’tiqodni yaratish muhim ahamiyat kasb 
etadi.Argumentlash ishonch-e’tiqodni shakllantirish vositasidir. Ishonch-e’tiqod 
esa, insonning komillik mezonlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Ishonch –e’tiqod- bu kishillarning xulq-atvori va hatti –harakatini belgilab 
beradigan qarashlari va tasavvurlaridir. 
Vatanimizning gullab-yashnashi, barqaror rivojlanishi ma’lum bir darajada 
yoshlarning chuqur bilimga, mustahkam ishonch-e’tiqodga va, umuman, komil 
inson bo‘lishlariga bog‘liq. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi birinchi 
Prezidenti I. A. Karimov shunday deb ta’kidlagan: «Komil inson deganda biz, 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin