Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə289/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 
141 
Mantiq jarayonini turli simvollar bilan ifodalashga intilish Arastu asarlaridayoq 
ko‘zga tashlanadi. XVI – XVII asrlarga kelib, mexaniqa va matematika fani 
rivojlanishi bilan matematik metodni mantiqqa tadbiq etish imkoniyati kengaya 
bordi. Nemis faylasufi Leybnits har xil masalalarni echishga imkon beruvchi 
mantiqiy matematik metod yaratishga intilib, mantiqni matematiklashtirishga asos 
soldi.
Mantiqiy jarayonni matematik usullar yordamida ifodalash asosan XIX asrlarga 
kelib rivojlana boshladi. Bu davrda yashagan rus olimi I. S. Poretskiy, nemis va 
ingliz olimlari J. Bul, Fure, Morgan, SHryoder kabilar o‘zlarining asarlarida bu 
masalaga oid muhim fikrlarni ilgari surishdi. Hozirgi vaqtda matematik mantiq 
metodlari fan va texnikada, kibernetikada tarjimon mashinalarda va boshqa ko‘p 
halq xo‘jaligi sohalarida qo‘llanilmoqda.
Mantiq fanining yo‘nalishlari 
Formal mantiq - fikrlashning tuzilishi va uning qonunlari haqidagi fandir. Formal 
mantiq fikrlashning rivojlanishini, uning takomillashish jarayonini o‘rganishni 
o‘zidan soqit qiladi. U fikrlashning mantiqiy tuzilishini, shaklini o‘rganadi. 
Insonning fikrlash shakli, tuzilishi turli qonunlarga asoslanadi va ularni keltirib 
ham chiqaradi. Mantiqiy shakllarni simvollar yordamida ifoda etish mumkin. 
Masalan, «Hamma ziyolilar aqliy mehnat bilan shug‘ullanadilar», «Hamma 
kapalaklar hasharotdir» degan fikrlarning mazmuni turlicha bo‘lsada, ularning 
tuzilishi, shakli bir xildir. Shuning uchun ularni «Hamma S – R dir» yoki «Hamma 
a – v dir», deb ifodalash mumkin.Formal mantiq va klassik mantiq tushunchalari 
sinonim tushunchalar bo‘lib,unda muloxazalar ikki qiymatli, ya’ni chin yoki xato 
bo‘ladi. 
Klassik mantiqdan farq qiluvchi hozirgi zamon mantig‘i turli yo‘nalishlardan 
iborat bo‘lib, ular birgalikda noklassik mantiq deb nomlanadi. 
Ko‘p ma’noli mantiq hozirgi zamon noklassik mantig‘ining bir tarmog‘i bo‘lib, 
fikrlashni «chin», «xato», «qisman chin», «qisman xato», kabi tushunchalar orqali 
ifodalaydi. Agar umumiy formal mantiqda mulohazalar ikki qiymatli (chin yoki 
xato) bo‘lsa, ko‘p ma’noli mantiqda mulohazalar uch va undan ortiq qiymatlidir. 
SHuning uchun bu mantiq «ko‘p ma’noli mantiq» deb yuritiladi. Bu mantiqda eng 
oddiy sistema uch ma’nolidir. Masalan, Siz “inson huquqlari deklaratsiyasi”ni 
bilasizmi? -degan savolga “ha”, “yo‘q”, “ozgina bilaman ” kabi javoblarni olish 
mumkin.
Induktiv mantiq (lot. Intuitio – dikqat bilan e’tibor berish, diqqat bilan kuzatish) – 
Hozirgi zamon noklassik mantig‘i tarmog‘i bo‘lib, matematik intuitsiya 
prinsiplaridan kelib chiqadi. Bu prinsiplar XX asr olimlari L. E. Brauer va A. 
Geytinglar tomonidan ishlab chiqilgan. Ma’lumki, nemis olimi Kantor ishlab 
chikqan to‘plam nazariyasi bir necha hal qilib bo‘lmaydigan paradokslarga 
uchragandan so‘ng, bu krizisdan qutilish uchun logitsizm, formalizm
konstruktivizm, intuitsionizm kabi oqimlar paydo bo‘ladi. Bular bunday ziddiyatni 
formal mantiq asosida hal qilishga harakat qildilar. 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin