Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə285/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 
137 
beradi. Xususan, turli kishilarga xos individual belgilarni (xulq-atvor, 
temperament, qiziqish va shu kabilar) e’tibordan chetda qoldirgan holda, ular 
uchun umumiy, muhim belgilarni, masalan, ongga ega bo‘lish, maqsadga muvofiq 
holda mehnat qilish, ijtimoiy munosabatlarga kirishish kabi xislatlarni ajratib olib, 
«inson» tushunchasini hosil qilish mumkin. Umumiy belgilarni aniqlash 
predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni, bog‘lanish usullarini o‘rnatishni taqozo 
etadi. Turli xil predmetlar fikrlash jarayonida o‘xshash va muhim belgilariga ko‘ra 
sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa ularning mohiyatini tushunish, ularni 
xarakterlaydigan qonuniyatlarni bilish imkoniyati tug‘iladi. Masalan, yuqorida 
keltirilgan «inson» tushunchasida barcha kishilar bitta mantiqiy sinfga 
birlashtirilib, 
ular 
o‘rtasidagi muhim bog‘lanishlar (masalan, ijtimoiy 
munosabatlar) bilib olinadi. 
Tafakkur borliqni nafaqat bevosita, balki bilvosita tarzda ham aks ettira oladi. 
Unda yangi bilimlar tajribaga har safar bevosita murojaat etmasdan, mavjud 
bilimlarga tayangan holda hosil qilishi mumkin. Fikrlash bunda predmet va 
hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, bolaning xulq-atvoriga 
qarab uning qanday muhitda tarbiya olganligi haqida fikr yuritish mumkin. 
Tafakkurning mazkur xususiyati, ayniqsa, xulosaviy fikr hosil qilishda aniq 
namoyon bo‘ladi. 
Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borliqda real 
analogiga ega bo‘lmagan narsalar – yuqori darajada ideallashgan ob’ektlar 
(masalan, absolyut qattiq jism, ideal gaz kabi tushunchalar)ni yaratish, turli xil 
formal sistemalarni qurish bilan kechadi. Ular yordamida predmet va hodisalarning 
eng murakkab xususiyatlarini o‘rganish, hodisalarni oldindan ko‘rish, bashoratlar 
qilish imkoniyati vujudga keladi. 
Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr ideal hodisadir. U faqat tilda – 
moddiy hodisada (tovush to‘lqinlarida, grafik chiziqlarda) reallashadi, boshqa 
kishilar bevosita qabul qila oladigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlarning 
o‘zaro fikr almashish vositasiga aylanadi. Boshqacha aytganda, til fikrning 
bevosita voqe bo‘lish shaklidir. 
Tafakkur uch xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish 
shaklida mavjud. 
Tafakkur shakli fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog‘lanish 
usuli, uning strukturasi (tuzilishi)dir. Fikrlash elementlari deganda, predmetning 
fikrda ifoda qilingan belgilari haqidagi axborotlar tushuniladi. Tafakkur shaklining 
tabiatini konkret misollar yordamida ko‘rib chiqamiz. 
Ma’lumki, ayrim predmetlar, ularning sinfi (to‘plami) kishilar tafakkurida turli xil 
mazmunga ega bo‘lgan tushunchalarda aks ettiriladi. Masalan, «davlat» 
tushunchasida o‘zining maydoniga, aholisiga, boshqaruv vositalariga ega bo‘lgan 
siyosiy tashkilot aks ettiriladi. “Milliy g‘oya” tushunchasida esa millatning, 
xalqning kelajak bilan bog‘liq orzu-havaslari, maqsadlari, tub manfaatlari ifoda 
etiladi. Mazmun jihatidan turli xil bo‘lgan bu tushunchalar mantiqiy shakliga ko‘ra 
bir xildir: har ikkalasida predmet uning muhim belgilari orqali fikr qilingan. 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin