Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
9-MAVZU. GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI 133
O‘zbekiston mintaqamizda birinchilardan bo‘lib “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunni qabul
qildi. Ushbu tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 3 yanvar kuni imzolangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish
to‘g‘risida”gi qonun muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni 3-
moddasida asosiy tushunchalar berilgan bo‘lib, unda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va
manfaatlar to‘qnashuviga doir tushunchalarga ta’rif berilgan, ya’ni
korrupsiya – shaxsning o‘z
mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini
ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi
shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalarining qo‘shma majlisidagi “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusidagi ma’ruzasida “Jamiyatimizda
korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish,
ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini
amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur”
2
, deb ta’kidlab o‘tilgan.
Umuman olganda, korrupsiyani vujudga keltiruvchi shart-sharoitlarga quyidagilarni kiritish
mumkin:
- o‘tish davridagi qiyinchilik;
- ijro etish tizimining yomonlashuvi;
- huquqiy nigilizm;
- jamiyatda insonlarning huquqiy madaniyati;
- iqtisodiy aspektlar;
Dunyodagi mamlakatlarda korrupsiyaning mamlakat boshqaruvi, iqtisodiyoti va boshqa
sohalariga ta’sirini xalqaro nodavlat-notijorat “Transparency International” - “Transperensi
interneshnl” tadqiqotlariga asosan baholab kelinadi.
Adabiyotlar 1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.:“O’zbekiston”, 2014. 24 b
2.
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-
sonli
Farmoni
.
3.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.
– Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.
2
Ш.М. Мирзиёев – Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз.
Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий
Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқ /. Тошкент : Ўзбекистон, 2016. – 10 б.