Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
Korrupsiya shakllanishining tarixi. BMT Kodeksida korrupsiyaga munosabat. O‘zbekistonda
korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi, korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyati.
Hozirgi zamonda tobora ko‘p qo‘llanilayotgan atamalardan biri bu korrupsiyadir. Korrupsiya
albatta bugun paydo bo‘lgan illat emas, u qadimdan buyon mavjud bo‘lib kelmokda. Qadimgi
yunon faylasufi Aristotel shunday degan:“Har qanday davlat tizimida - qonunlar va boshqa
farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerak-ki, unda mansabdor shaxslarni noqonuniy
yo‘l bilan boyishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim”. Fransuz mutafakkiri Sharl Monteske esa bu borada
“Asrlar tajribasidan ma’lumki, har qanday hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan shaxs, uni
suiiste’mol qilishga moyil bo‘ladi va u ma’lum bir maqsadga erishmaguncha shu yo‘nalishda
yuradi” degan fikrlarni bildirgan. Korrupsiyaning jamiyatga tahdidi barcha millatlar, diniy,
huquqiy adabiyotlarning qadimiy manbalarida ham qayd etiladi. Davlat boshqaruvi san’atiga
bag‘ishlangan qadimiy hind dostonlaridan “Artxashastra” (er.avv.IV asr)da podshoh oldida
turadigan mug‘im vazifalardan biri xazinani talontaroj qiluvchilarga qarshi kurashish ekanligi
ta’kidlanadi. “Osmonda uchayotgan qushning qayoqqa qarab burilishini aytib berishdan ko‘ra,
ayyor amaldorning qanday hiyla o‘ylab topishini oldindan aytib berish mushkulroqdir;
dengizdagi baliq suvdan ichayotganligi yo ichmayotganligini aniqlab bo‘lmaganidek, amaldor
unga ishonilgan mulkni o‘zlashtirayotgan yo o‘zlashtirmayotganligini ham aniqlab bo‘lmaydi”
1
,
- deyiladi. G‘arbiy Yevropa davlatlarining keyingi tarixida ham korrupsiyaning turli ko‘rinishlari
va korrupsion munosabatlarning avj olishi nafaqat tarixiy manbalarda balki, o‘sha davrning
ilg‘or yozuvchi faylasuflarining asarlarida ham o‘z ifodasini topgan. Xususan, Shekspirning
“Venetsiyalik savdogar”, “Qonga qon, jonga jon” , Dantening “Do‘zax”, “Tozalovchi” kabi
1
Кузнецов Ю.А., Силинский Ю.Р., Хомутова А.В. Российское и зарубежное законодательство о мерах
противодействия коррупции. /