Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
9-MAVZU. GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI 131
metodlardan foydalaniladi. Mazkur yondashuv ayrim metodlarning kamchiliklarini bartaraf etish
va prognozlarning ko‘proq darajada aniqligi va ishonchliligini kafolatlash imkonini beradi.
Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish imkoniyatlarini prognoz qilish natijasi prognoz
hisoblanadi. U kelajak u yoki bu muammolarining rivojlanishi va ularni echishning mumkin
bo‘lgan barcha variantlarini, ularning bir-birini istisno etuvchi variantlarini, stixiyali va ongli
jarayonlarni, ularning vaqt va ko‘lam parametrlarini aniqlash imkonini beradi. Kelajakning
ijtimoiy prognozlar taklif qilayotgan tavsifining mazmuniga qarab, ular insonni yo unga faol
intilishga, yo uning yuz berishiga qarshi harakat qilishga, yo uni passiv kutishga da’vat etadi.
Shu sababli har qanday ijtimoiy prognoz ilmiy bilishga doir mazmunni ham, muayyan
mafkuraviy vazifani ham o‘zida birlashtiradi. Bunda bilishga doir funksiya ustunlik qilishi ham,
mafkuraviy funksiya ustunlik qilishi ham mumkin. Turli prognozlarning mazmuni va vazifasidan
kelib chiqib, ularning to‘rt asosiy tipini farqlash mumkin.
Qidiruv prognozi – ijtimoiy ob’ektning kelajagi qanday bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish uchun
tuziladigan prognoz. U rivojlanish qaysi yo‘nalishda yuz beradi, kelajakning muayyan davrida
prognoz ob’ektining holati qanday bo‘lishi mumkin, degan savollarga javob beradi. Normativ
prognoz – boshqaruvni optimallashtirish yo‘llarining oqilona tashkil etilgan tahlili. Bu prognoz
obrazli qilib «teskari prognoz» deb ataladi, chunki unda o‘rganish teskari yo‘nalishda –
kelajakdan hozirgi davrga qarab amalga oshiriladi. Normativ prognoz qo‘yilgan maqsadlarga
erishish yoki qo‘yilgan vazifalarni echish uchun nima qilish mumkin yoki kerak, degan savolga
javob beradi. Normativ prognozning predmeti sifatida ijtimoiy jarayonlar xususiyatini butunlay
o‘zgartirishga qodir bo‘lgan g‘oyalar, gipotezalar, farazlar, axloqiy me’yorlar, ijtimoiy ideallar,
maqsadlar va mo‘ljallar amal qiladi.