Ekspertiza usulida baholash – bu ilmiy metodning mohiyati ekspertlar (fan va texnikaning turli
sohasidagi etakchi mutaxassislar) tomonidan muammoni tahlil qilish va so‘ngra natijalarni
formallashtirilgan asosda qayta ishlashdan iborat. Ekspertlarning umumiy xulosasi muammoning
mumkin bo‘lgan eng maqbul echimi sifatida qabul qilinadi. Bu metodlar guruhiga, odatda,
quyidagilar kiritiladi: konsensus (kelajakka doir muayyan masala bo‘yicha ekspertlar umumiy
bir to‘xtamga kelishi); «aqliy hujum» (muammolarni echish vositasi va prognoz qilish usuli,
ayniqsa, kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bir nechta vaziyatni ko‘rib chiqishga ehtiyoj
tug‘ilgan holda). Metodning mohiyati shundan iboratki, muammoga doir har qanday, hatto
«g‘alati» g‘oyalar ilgari suriladi; bu g‘oyalar rivojlantiriladi, o‘z g‘oyalarini taklif qilish mumkin,
lekin ularni tanqid qilishga ruxsat etilmaydi; «Delfi» metodi (qadimgi YUnonistonning mashhur
Orakuli ismi bilan atalgan). U ekspertlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazishga asoslangan. Bunda
oldinma-ketin so‘rov jarayonida har bir ekspert boshqa ekspertlarning fikrlari bilan tanishtiriladi;
bir nechta sikllar natijasi o‘laroq ustuvor fikr aniqlanadi. Ekspertiza usulida baholashning yana
bir o‘ziga xos metodi – sotsiologik so‘rov mavjud bo‘lib, u so‘nggi yillarda bizda ham, chet elda
ham tobora keng qo‘llanilmoqda.
Kelajak ssenariylari – bu kuzatilayotgan tendensiyaning ehtimol tutilgan kelajagi haqidagi u
yoki bu tusmolni asoslovchi dastlabki farazlarning tartibga solingan yig‘indisi. Ssenariylar: a) u
yoki bu nazariy vaziyatni qay yo‘l bilan bosqichma-bosqich amalga oshirish mumkinligini; b)
voqealarning muayyan rivojiga yo‘l qo‘ymaslik, ularni engillashtirish yoki chetlab o‘tish uchun
voqealarning har bir ishtirokchisi uchun har bir bosqichda qanday variantlar mavjudligini
aniqlaydi.
Shunday qilib, ssenariy murakkab tizimlarni o‘rganishga nisbatan tizimli va tarixiy
yondashuvlarni birlashtiruvchi ko‘p variantli prognozdir; aksariyat hollarda u tavsifiy xususiyat
kasb etadi va kompleks prognozlarni tuzishda keng qo‘llaniladi. SHuni qayd etib o‘tish lozimki,
ko‘rib chiqilgan metodlarning birortasi ham alohida holda prognozning yuksak darajada
ishonchliligini ta’minlay olmaydi. SHu sababli amalda, odatda, murakkab, kompleks