Asos yoki asoslar deganda xulosani keltirib chiqarishga xizmat qiladigan, ilgaridan ma’lum bo’lgan bilimlar nazarda tutiladi. Asoslar munosabatidan kelib chiqadigan bilim (natija) xulosa deb yuritiladi. Xulosa ob’ektiv olam in’ikosi hisoblangan fikrlar orasida sababiy aloqadorlikni ifodalaydi.
Shunisi xarakterliki, xulosa chiqarishda inson fikri sabablar (asos)dan natijaga emas, aksincha,
natija (xulosa)dan unga asos bo’lgan sabablarga qarab borishi mumkin, Masalan: Jinoyat jazosiz
qolmaydi (asos)
Terrorchilik — jinoyat (asos)
Demak, Terrorchilik jazosiz qolmaydi (xulosa) yoki
Qaldirg’ochlar pastlab uchmoqda.
Demak, ertaga ob-havo o’zgaradi (xulosa)
Tabiiy tilda xulosada «demak», «natijada», «ko’rinib turibdiki», «shuning uchun» kabi so’z va
so’z birikmalari uchraydi.
Xulosaning chin yoki xato (yolg’on)ligi, birinchidan, asos (asoslar) ning chinligi, ikkinchidan,
asos (asoslar) bilan xulosaning mantiqiy munosabatiga (fikrning izchilligi, asoslar bilan
natijaning uzviy aloqadorligi va hokazo) bog’liq bo’ladi. Agar V xulosa A dan kelib chiqsa, va
uning natijasini ifodalasa, to’g’ri (chin) bo’ladi. Aksincha, V xulosa A asosdan kelib chiqmasa,
xato (yolg’on) hisoblanadi. Shunday qilib, xulosaning to’g’riligi mantiqiy ketma-ketlik, asoslar
bilan natijaning aloqadorligidan kelib chiqadi.
Asoslardan xulosaning kelib chiqishi ikki yo’lda amalga oshadi: ayrimlarida xulosa asoslardan
zaruriy ravishda kelib chiqadi. Bunday xulosa demonstrativ (zaruriy) xulosa, deb yuritiladi.
Boshqalarida asoslardan chiqarilgan xulosa haqiqatga yaqin, ehtimollik xarakteriga ega bo’ladi.
Bunday xulosalar nodemonstrativ, yoki haqiqatga yaqin xulosalar, deb yuritiladi.
2) Xulosa chiqarishning 3 asosiy turi mavjud:
1. Deduktiv xulosa chiqarish; 2. Induktiv xulosa chiqarish; 3. Analogiya bo’yicha xulosa chiqarish. Inson fikrining umumiylikdan yakkalikka qarab borishi natijasida hosil bo’lgan yangi bilim