Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə366/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

14-MAVZU. NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI 
O‘RNI 
210 
ehtiyojlarning qonuniyati asosida shakllanib, takomillashgan kishilarning ijtimoiy - iqtisodiy, 
huquqiy, ma’naviy - axloqiy munosabatlariga asoslangan barqaror ijtimoiy birligidan iborat"
2

Darhaqiqat, oila er - xotin, ularning bola - chaqalari, eng yaqin tug’ishganlaridan iborat kishilar 
guruhi, boshqacha aytganda xonadonidir. Chunki oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir 
erkaknnng o’zi yoxud bir ayolning o’zi oila bo’la olmaydi. Qolaversa, oila faqat er va 
xotindangina iborat emas. Oila er - xotindan tashqari erning ota - onasi, ya’ni qaynota va 
qaynonalar, farzandlar, uka va singillardan iborat ko’p bo’g’inli xonadon. Uning har bir a’zosi 
o’z mavqeiga ega, shu oilaning ichki intizomiga buysunib yashaydi. Shu ma’noda oila jamiyat 
ichidagi jamiyatdir. Bu jamiyatning o’z saltanati bor: Bunda minglab tasodiflar jarayonida er - 
xotin muhabbati sinovdan o’tadi, shu sinov jarayonida ular bir - birlarini chuqurroq tushuna 
boradi, bir - birlarini qadrlashni o’rniga qo’yadigan bo’ladi, bir - birlariga kechirimli bo’lishadi, 
er - otaga, xotin-onaga aylanadi, farzandlarni tarbiyalab elga qo’shadi, orzu - xavas ko’radi. Shu 
manoda oila inson hayotiga to’kislik baxsh etadi, jamiyatning muqaddas maskani sifatida 
sadoqat sarchashmasiga aylanadi. Oila ana shu asoslarga tayangan holda kishilik tafakkuri va 
ijtimoiy harakatining ulug’ kashfiyoti bo’ldi. Demak, oila-jamiyatning asosiy bo’g’ini, 
yacheykasi bo’lib, unda er - xotinlik, ota - onalik, farzandlarning va tug’ishganlarning o’zaro 
shaxsiy qarindoshlik va mulkiy maqsadlari, manfaatlari va huquqlari bilan bog’liq munosabatlar 
mujassamlashgandir. Kishilar uchun muqaddas dargox bo’lgan oila insonlarning tabiiy, 
iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy munosabatlari zamirida vujudga keladi. Albatta oila 
juftlik qonuni asosida yuzaga keladi. Bu jarayonda eng avvalo ikkala jins o’rtasidagi kelishuv, 
ya’ni nikoh asosiy rol o’ynaydi. Chunki oila taqdiri rasmiy - nikohiy tus olishidan boshlanadi, 
shundagina er - xotin oldida, xotin er oldida, ular ota - ona sifatida farzandlaru qavm - 
qarindoshlar, mahalla - ko’y, qisqasi jamiyat oldida, o’z navbatida farzandlar ham o’z ota - 
onalari va el oldida ma’suliyat sezadilar va burchli ekanliklarini his etib yashaydilar. 
Xo’sh, nikoh nima? Nikoh ham arabcha so’z bo’lib, "O’zbek tilining izohli lug’ati"da: Er - 
xotinlikni shariat yo’li bilan rasmiylashtirish marosimi va shu marosimda domulla tomonidan 
o’qiladigan shartnoma ma’nosiga ega ekanligi qayd etilgan". Boshqa lug’atlarda ham nikoh "Er - 
xotinlikning yuridik (huquqiy) ravishda rasmiylashtirilgan oilaviy ittifoqi, "nikoh ahdi", "er-
xotinlik, uylanish" ma’nolarida ishlatilgan.
3
Nikoh to’g’risida ham turli ta’riflar bor. Shundan 
eng ma’quli quyidagi ta’rifdir: "Nikoh ikki jinsdagi shaxslarning oilaviy munosabatlarda ishtirok 
etish uchun o’zaro ahdlashuvidir".
4
Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FXDYO) 
bo’limida tuziladi va rasmiylashtiriladi Qonunga binoan nikoh tuzish shartlaridan eng muhimlari 
– nikohga kiruvchilarning o‘zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga etganliklari. Bizda yigitlar-
18, qizlar-17-nikoh yoshlari qilib belgilangan. Nikoh tuzishdan oldin ikki yosh orasida goh ochiq 
sevgi-muntazam uchrashuvlar, ahdu-paymonlar va orqa varotdan bir-birini yoqtirish bo‘lishi 
mumkin. Har ikkala ahvolda ham rozilik o‘zgarmas shart hisoblanadi. 
Muhammad Alayhissalom uylariga sovchi kelganda qizlari Fotimadan doimo rozilik so‘raganlar 
va rad javobi olganlar. Faqat Hazrat Ali sovchi qo‘yganlarida Bibi Fotima rozilik berganlar. 
Demak, farzandning roziligini olish bizga payg‘ambarimizdan qolgan sunnat. Hozirgi kunda 
ham ko‘pgina yoshlarimiz sovchi orqali turmush quradilar. Odatda sovchi kelib ketgach, yigit 
2
Ortiqov A. "Etika asoslari" kursidan leksiya matnlari, - Т.: 1999, 95-bet. 
3
Qarang: Safarov O, Mahmudov M. Oila ma’naviyati. –T.: 1997, 15-bet. 
4
Davlat va huquq asoslari. Izohli lug’at., -Т.: "O’qituvchi", 1996, 49-bet. 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin