17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
257
yuguradi, hikoya so‘ylab beradi, ertak aytib beradi v.b. sifatlar bilan jonlanadi,
odamiylashtiriladi. Majoziylik hususiyati, xullas, san’atning yashash shartlaridan biri, u yo‘q
joyda – san’at ham yo‘q.
Demokratik xususiyati.
San’atinng demokratik xususiyati ham uning yashash shartlaridan
biri. Bu xususiyat eng avvalo erkinlik bilan bog‘liq. Ijodkor fikr erkinligi, so‘z erkinligi, g‘oya
erkinligi, mavzu erkinligi, uslub erkinligi, rang erkinligi v.b. ijodiy erkinliklar tizimiga ega
bo‘lsagina, ulardan o‘z o‘rnida foydalana olsagina, uning asarini san’at namunasi deb atash
mumkin. Ijodkorga, siyosiy-mafkuraviy zo‘ravonlik qilish, uni majburlash, qo‘rqitish orqali
ta’sir ko‘rsatish kabi hodisalar san’at uchun o‘lim demakdir. Faqat ijod emas, badiiy asarni
estetik idrok etish jarayoni ham erkin bo‘lishi kerak, bunda ham majburiylik, zo‘ravonlik
mumkin emas. Zero, har qanday san’at asari erkin xohish-ixtiyor bilan idrok etilgandagina, u
yashab qolish imkoniga ega bo‘ladi. Bu masalaning bir tomoni, ikkinchi tomoni - san’atni
yaratuvchilar orasidagi demokratiya bilan bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: