11-Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish Mavzu rejasi



Yüklə 365,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix14.12.2023
ölçüsü365,42 Kb.
#179083
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
\'ruza matn



11-Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish 
Mavzu rejasi: 
1. Badiiy asarni tahlil qilishning adabiy asoslari. 
2. Kichik yoshdagi oʻquvchilarning badiiy idrok etishdagi psixologik xususiyatlari.
3. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash jarayoni. 
Tayanch so‘zlar:
idrok etish, asar ustida ishlash, analiz bosqichi, sintеz bosqichi, sifatli 
sintеz bosqichi, tanlab o‘qish, rеja tuzish, matnni tasvirlash, ichda o‘qish, ovoz chiqarib o‘qish. 
Talabalar bilimlarini faollashtirish va mustahkamlash maqsadida quyidagi savollar beradi: 
1. O‘qish malakalari nima? 
2. Nima sasabdan o‘quvchilar xato o‘qiydilar? 
3. O‘quvchilarning tez o‘qishga o‘rgatishda qaysi usullardan foydalaniladi? 
4. Ongli o‘qishga erishish uchun o‘quvchilar qanday malakalarni egallagan bo‘lishlari 
kerak? 
5. Ifodali o‘qishni egallashdagi muhim shartlar nimadan iborat?

Kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy asarni idrok etishidagi psixologik 
xususiyatlari 
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish metodikasida kichik yoshdagi 
o‘quvchilarning badiiy asarni idrok qilishidagi psixologik xususiyatlar hisobga olinadi. Ruhshunos 
olimlarning tekshirishlaridan ma’lum bo‘lishicha, asarni idrok qilishga, bilim olishga xizmat 
qiladigan komponentlar bilan birga, uni emostional-estetik his etish ham kiradi. Badiiy asarni 
yaxshi idrok etish uchun uni tushunishning o‘zigina etarli emas. Asarni idrok etish murakkab 
jarayon bo‘lib, asarga unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o‘z 
ichiga oladi. Psixologik tekshirishlar natijasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning adabiy 
qahramonlarni idrok etishi va baholashidagi psixologik xusisiyatlari o‘rganilgan va ular adabiy 
qahramonga ikki xil munosabatda bo‘lishlari aniqlangan: 
1. Adabiy qahramonga emostional munosabat. 
2. Elementar tahlil qilish. 
Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o‘quvchilar o‘z shaxsiy va axloqiy 
tushunchalaridan foydalanadilar. Bunday axloqiy tushunchalar kichik yoshdagi o‘quvchilarda 
chegaralangan bo‘ladi, albatta. Ular axloqiy sifatlardan botirlik, to‘g‘rilik, mehnatsevarlik, 
yaxshilik tushunchalarini ko‘p ishlatadilar. Qahramonlarning boshqa sifatlarini tasvirlash uchun 
ularning so‘z boyliklari etishmaydi. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilar bilan asarni tahlil qilib, 
ular nutqiga personajlarning axloqiy, intellektual, emostional sifatlarini tasvirlovchi so‘zlarni 
kirita borishdan iborat. Bu adabiy qahramonlarning xarakterini yaxshi yoritish shartlaridan biri 
hisoblanadi. 
Asardagi qahramonlarning xarakteri ularning axloqiy sifatlarini anglash asosida tushuniladi. 
Bunda qahramonning nima qilishi emas, nima uchun shunday qilishi kerakligini bilish muhimdir. 
Ushbu jarayonda asar qahramonlarining axloqiy sifatlari ustida qo‘proq ishlash lozim.
4-sinfda 

Yüklə 365,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin