mustaqil izlanishlari asosida ham
tashkil etiladi. Masalan, “Kitobga ixlos” (4-sinf) asarini o‘qishga tayyorgarlikda o‘quvchilarning
o‘tmishda yashagan tarixiy shaxslar haqidagi tushunchalari aniqlangach, o‘quvchilar xayolan
sayohatga olib chiqiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarni Buxorodagi tarixiy muzeyga taklif etadi.
Muzeyda o‘quvchilar Abu Ali ibn Sino portretini kuzatadilar, u haqdagi yozuvlarni o‘qiydilar
(Muzey uchun sinfning biror qismi ajratiladi).
Abu Ali ibn Sino – ma’rifatpar alloma
Abu Ali ibn Sino – buyuk hakim
Men kechalari kam uxlar, kunduzlari ham ilmdan boshqa narsa bilan
shug‘ullanmas edim. (Ibn Sino)
Bir kuni shohdan kutubxonasiga kirishga va u erda tibga oid kitoblarni mutolaa
qilishga ruxsat so‘radim.
Shoh menga ruxsat berdi. (Ibn Sino)
Ibn Sino dorivorlar tayyolash, yurak kasalligi, jarrohlik va boshqa sohalarga doir
400 dan ziyod asar yozgan
O‘quvchilarni mustaqil izlanishga o‘rgatishning yana bir usuli o‘quvchilarga oldindan
yozuvchi yoki asar yozilgan davr haqida kitoblar, manbalar tavsiya etib, ulardan ma’lumotlar
to‘platish, albomlar tayyorlatish, so‘ng o‘quvchilar o‘zlari aniqlagan ma’lumotlarni o‘qib, so‘zlab
berishidir.
Sinfdan sinfga ko‘chish bilan yozuvchi hayoti va ijodi haqidagi o‘quvchilar bilimi ortib
boradi. Asar muallifi bilan tanishtirishga qo‘yilgan talablar ham ko‘payadi. O‘qituvchi qisqa
ma’lumot berishdan yozuvchi hayoti bilan to‘liqroq tanishtirishga o‘tadi. Bunda u kichik maktab
yoshidagi o‘quvchilarning yoshiga mos imkoniyatlarni, ular yozuvchi bilan qay darajada tanish
ekanligi va uning asarlaridan nimalarni o‘qiganligini hisobga oladi.
Asar bilan tanishtirish Tayyorgarlik davridan so‘ng 1-bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy vazifasi
asar mazmunini bilan tanishtirishdir. Badiiy asarni yaxlit idrok etish muhim bo‘lgani uchun
maktab tajribasida asar ustida ishlash shu asar yoki uning bir darsda o‘rganishga mo‘ljallangan
qismi yaxlit o‘qish usulida tanishtiriladi.
Hikoya, masal, she’rning mazmunini to‘g‘ri idrok etish, shuningdek, matnning hissiy
ta’sirini oshirish uchun ifodali o‘qish katta ahamiyatga ega.
Asar matni bilan tanishtirishning bir necha usullari mavjud. Ular quyidagilar:
1. Matn o‘qituvchi tomonidan ifodali o‘qib beriladi (ba’zan asar matni magnitafon orqali
ham eshittirilishi mumkin). O‘quvchilar matn mazmuni bilan tanishtirilgach, o‘qituvchi ularga
boshlang‘ich taassurotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi. Masalan,