badiiy asarnn tahlil qilish metodikasi takomillashtira borildi: takroriy bayon qilish mashqlari
kamaytirildi, ijodiy va o‘qilgan matn yuzasidan o‘z fikrini bayon qilish ko‘nikmasini o‘stiradigan
mashqlar ko‘paytirildi, asar qismlari ustida emas, balki yaxlit asar ustida ishlanadigan bo‘ldi, asar
g‘oyasi va obrazlarini tushuntirishda o‘quvchilarning mustaqilligi ortdi, matn ustida ishlashda
xilma-xil topshiriq turlaridan, ta’limda texnika vositalaridan va ilg‘or pedagogik texnologiya
usullaridan ko‘proq foydalanila boshlandi va h. k.
XX asrning 60-yillarida yaratilgan maktab dasturida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda
shakllantiriladigan matn ustida ishlash ko‘nikmalari belgilab berildi, shuningdek, 1-4-sinflarda
o‘qish malakasiga qo‘yilgan talablar ancha aniq ajratildi. XX asrning 70-yillari boshlarida
mazmuni va metodik apparati jihatidan hayotga yaqinlashtirilgan o‘qish kitoblari yaratildi.
Mustaqillik tufayli ta’lim sohasida ham katta islohotlar amalga oshirildi. 1999 yil
boshlang‘ich ta’limning ham “Davlat ta’lim standarti” yaratildi, o‘quv dasturlari yangilandi. 2005
yil tajriba-sinov natijalari hisobga olinib, davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari qayta ko‘rib
chiqildi, “O‘qish kitobi” darsliklari ham yangilandi.
O‘zbek maktablarida taniqli rus metodist-olimlari T. G. Ramzaeva, M. S. Vasileva, V. G.
Gorestkiy, K. T. Golenkina, L. A, Gorbushina, M. I. Omorokova, E. A. Nikitina, N. S.
Rojdestvenskiylar, o‘zbek olimlaridan A.Zunnunov, K.Qosimova, Q.Abdullaeva, S.Matchonov,
M.Yusupov, M. Umarova, X.G‘ulomovalar ishlab chiqqan takomillashgan sinfda o‘qish
metodikasidan ijodiy foydalanilmoqda.
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi:
1. Asar mazmunini tahlil qilish va to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini
shakllantirish bir jarayonda boradi (asarning mazmunini tushuntirishga oid topshiriq o‘qish
malakalarini takomillashtirish topshirig‘i ham hisoblanadi).
2. Asarning g‘oyaviy asoslari va mavzusini, uning obrazlari, syujet chizig‘i, kompozistiyasi
va tasviriy vositalarini tushuntirish o‘quvchilarning shaxs sifatida umumiy kamol topishiga yaxshi
xizmat qiladi, shuningdek, bog‘lanishli nutqining o‘sishi (lug‘atining boyishi va faollashishi)ni
ta’minlaydi.
3. O‘quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi
va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
4. Sinfda o‘qishga o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-muhit haqidagi
bilimlarini kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishning samarali vositasi
sifatida qaraladi.
Asarni tahlil qilishda hisobga olish zarur bo‘lgan muhim omillardan biri uning o‘quvchilarga
Dostları ilə paylaş: