MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar
333
Talaba portfoliosining turlari
1. Hujjatlar portfoliosi -
ta’lim sohasidagi shaxsiy yutuqlar uchun berilgan
sertifikatlangan hujjatlar to‘plami (sinov daftarchasi, diplomlar, sertifikatlar, guvohnomalar va
b.) Bu ma’lumotlar portfolioni sifat va soniy jihatdan ob’ektiv baholash imkonini beradi.
Materiallar jadval ko‘rinishida bosqichlarga bo‘linib, ball hisobida baholangan holda beriladi.
Hujjatlar yoki ularning nusxalari ilova sifatida keltirilishi mumkin.
Ushbu variantning afzalliklari:
YAkuniy ball tizimi portfolioni talabaning ta’lim
faoliyati bo‘yicha reytingini aniqlashning asosiy mexanizmi, talaba umumiy reytingining
asosiy tashkil etuvchisiga aylantiradi.
Cheklanishlari, kamchiliklari:
bunday tipdagi portfolio faqat talaba faoliyati natijalari
to‘g‘risida ma’lumot beradi. U talabaning shaxsiy rivojlanish jarayonini, uning turli sohalar
bo‘yicha ijodiy faolligini, o‘qish uslubini va qiziqishlarini aniqlash imkonini bermaydi.
Dostları ilə paylaş: