Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 6
intilish” degan ma’nolarni ham anglatgan. Ushbu so‘z Fukidid, Suqrot va boshqa antik
madaniyat vakillari tomonidan xuddi shunday ma’noda qo‘llangan.
«Filosofiya» atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui Qadimgi Yunoniston va Rimda
eramizdan avvalgi VII-III asrlarda yuz bergan buyuk yuksalish natijasi sifatida yuzaga kelgan
edi. o‘sha davrda endigina shakllanib kelayotgan nazariy fikrning ifodasi falsafiy tafakkur
olamni yaxlit va bir butun holda tushunish mujassamiga aylangan edi.
Qadimgi Yunonistonda «Filosofiya» atamasini dastlab, matematika fani orqali barchamizga
yaxshi ma’lum bo‘lgan, buyuk alloma Pifagor ishlatgan. Evropa madaniyatiga esa, u buyuk yunon
faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan. Filosof so‘zini, yuqorida aytganimizdek ilk bor
buyuk matematik va mutafakkir Pifagor qo‘llagan. Bu tushunchaning ma’nosini u Olimpiya
o‘yinlari misolida quyidagicha tushuntirib bergan: anjumanga keladigan bir guruh kishilar
bellashish, kuch sinashish, ya’ni o‘zi va o‘zligini namoyon etish uchun, ikkinchi bir guruh –
savdo-sotiq qilish, boyligini ko‘paytirish uchun, uchinchisi esa, o‘yindan ma’naviy oziq olish,
haqiqatni bilish va aniqlashni maqsad qilib oladi. Ana shu uchinchi guruhga mansub kishilar,
Pifagor talqiniga ko‘ra, faylasuflar edi.
Bu, bir qarashda, oddiy va jo‘n misolga o‘xshaydi. Ammo uning ma’nosi nihoyatda teran.
Chunki, inson umrining o‘zi ham shunday. «Dunyo teatrga o‘xshaydi, unga kelgan har bir kishi
sahnaga chiqadi va o‘z rolini o‘ynab dunyoni tark etadi», degan fikr bejiz aytilmagan. Kimdir bu
dunyoga uning sir-asrorlari to‘g‘risida bosh ham qotirmasdan kelib ketadi, umrini eyish-ichish,
uy-ro‘zg’or tashvishlari bilan o‘tkazadi. Boshqasi – nafs balosiga berilib, mol-mulkka ruju
qo‘yadi. Uchinchisi esa, olam hikmatlarini o‘rganadi, umrini xayrli va savob ishlarga sarflaydi,
boshqalar uchun ibrat bo‘larli hayot kechiradi.
Qadimgi Sharq va Yunonistonda har tomonlama chuqur bilim va katta hayotiy tajribaga ega
bo‘lgan, inson ma’naviyatini boyitish va haqiqatni bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb
ataganlar. Fozil va komil insonlargina falsafa bilan shug‘ullanganlar. Aslida, o‘sha davrlarda
falsafani o‘rganish deyilganda, ilmning asoslarini egallash ko‘zda tutilgan. Grek mutafakkiri
Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillarda yashagan) shogirdlariga murojaat qilib, «Do‘stim,
sen hali yoshsan, umringni bekor o‘tkazmay desang, falsafani o‘rgan», deganda aynan ana shu
haqiqatni nazarda tutgan.
Boshqa bir buyuk grek faylasufi Epikur (eramizdan avvalgi 470-399 yillarda yashagan) bu
haqiqatni quydagicha ifoda etgan: «o‘z-o‘zingni erga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa
narsa emas, o‘zligingdan yuqori turish esa – faylasuflikdir».
Lev Tolstoy donishmand kishilarning uch xislatini alohida ta’kidlab, shunday yozgan: «Ular,
avvalo, boshqalarga bergan maslahatlariga o‘zlari amal qiladilar; ikkinchidan, hech qachon
haqiqatga qarshi bormaydilar; uchinchidan, atrofidagi kishilarning nuqsonlariga sabr-toqat bilan
chidaydilar».
Xuddi shuningdek, Sharqda ham Konfutsiy va Moniy, Xorazmiy va Forobiy, imom Buxoriy
va imom Termiziy, Beruniy va ibn Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o‘z
hayotiy kuzatishlari va tajribalarini umumlashtirish, insonga xos xato va kamchiliklardan saboq
chiqarish, bashariyat tomonidan to‘plangan bilim va tajribalarni o‘zlashtirish orqali faylasuf
darajasiga ko‘tarilganlar.
Jamiyat ma’naviy taraqqiyotining dastlabki davrlarida falsafa insonning olam haqidagi
barcha bilimlarini o‘z ichiga olgan. Keyinroq, falsafa kengroq mazmunga ega bo‘lib, mustaqil
fan sifatida shakllanadi va rivojlanadi. U tabiat, jamiyat va insonning mohiyati haqidagi eng
umumiy bilimlarni o‘zida ifodalab, insonni borliqqa bo‘lgan munosabatining metodologik
asoslarini belgilab beradi, tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining eng umumiy muammolarini
o‘rganadi va falsafiy dunyoqarashni shakllantiradi.
Kishilar qadim zamonlardan boshlab, borliq dunyo, tabiat nima, ular qanday tuzilgan,
borliqning asosida nima yotadi, insonning o‘zi nima, u dunyoga qanday qaraydi, kabi savollarga
javob berishga harakat qilib kelganlar. Falsafiy tafakkur insonning o‘z-o‘zini anglashidan
boshlanadi, uning olam haqidagi bilimlarini umumlashtirish asosida rivojlanib boradi.Inson
bilishining ob’ekti bo‘lgan olam cheksizligi sababli, bu savollarga javob berish imkoniyati ham