1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 8
birining ishtirokchisi sifatida tasvirlanadi. Buning natijasida bir xil buyumlarning sifatlarini
ikkinchi xil buyumlarga bemalol ko‘chirish mumkin bo‘ladi. Mifologik dunyoqarashda tabiat
kuchlari alohida jonli vujudlar ko‘rinishida jonlantirib tasvirlanadi.Mifologiyada bir xil
narsalarning xossalari ikkinchi xil narsalarga bemalol ko‘chirilgangligi sababli, u xayolotga keng
yo‘l ochib beradi.Unda tasvirlangan obrazlar har qanday o‘zgarishlar qilishi va jasoratlar
ko‘rsatishi mumkin.
Har bir xalqda o‘zining tarixiy o‘tmishiga oid juda ko‘p rivoyatlar va afsonalar mavjud.
Ularda bu xalqning ijtimoiy hayoti, turmush va tafakkur tarzlari, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va
madaniy-ma’naviy munosabatlari xayoliy tarzda aks ettiriladi, ular afsonaviy qahramonlar
qiyofasida yovuz kuchlarga qarshi kurash olib boradilar.Bunday rivoyatlar va afsonalar
dastlabki paytlarda xalq og‘zaki ijodi namunalarida, keyinchalik yozuvning paydo bo‘lishi bilan
taraqqiy etgan xalqlarda o‘ziga xos adabiy-badiiy asarlarda o‘z ifodasini topadi.
Diniy dunyoqarash dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir («din» so‘zi arabchadan
tarjimada «e’tiqod», «ishonch», «ishonmoq» degan ma’nolarni anglatadi). Mif kabi, din zamirida
ham e’tiqod, tuyg‘ular va emotsiyalar yotadi. Garchi din kurtaklari «aqlli odam» dunyoqarashi
shakllanishining dastlabki bosqichlarida, ya’ni taxminan 40–60 ming yil muqaddam paydo
bo‘lgan bo‘lsada, umuman olganda, u dunyoqarashning mustaqil shakli sifatida keyinroq,
jumladan, mif ta’sirida insonning mavhum fikrlash qobiliyati sezilarli darajada kuchaygan
davrda vujudga kelgan. Diniy dunyoqarashning muhim jihatlarini diniy tuyg‘u, diniy aqidalarga
ishonish, sig‘inish, diniy e’tiqod va shu kabilar tashkil qiladi.
Din murakkab ma’naviy tuzilma va ijtimoiy-tarixiy hodisa bo‘lib,unda e’tiqod muqarrar tarzda
birinchi o‘ringa qo‘yiladi va hamisha bilimdan
ustun turadi.