1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI
10
Falsafiy dunyoqarash.
Bu
tushunchaning mazmuni insonning olamga, voqea va hodisalarga,
o‘zgalarga va ularning faoliyatiga, o‘z umri va uning mazmuni kabi ko‘pdan-ko‘p
tushunchalarga munosabati, ularni anglashi, tushunishi, qadrlashida namoyon bo‘ladi.
Falsafiy dunyoqarash dunyoni, borliqni aqliy jihatdan umumlashtirib tushuntiruvchi nazariy
qarashlar tizimidir. U insonning aqliy-intellektual faoliyatiga ko‘proq e’tibor beradi.Falsafiy
dunyoqarash shakllanishi va rivojlanishiga afsonaviy, diniy dunyoqarashning ta’siri bo‘lganini
inkor etib bo‘lmaydi. Falsafiy dunyoqarash ana shu ikki irmoq negizida vujudga keldi.
Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va
ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Fanda ijtimoiy borliqning barcha jihatlari
aks etadi. Dunyoqarashning shakllanishida his-tuyQu, aql-idrok va tafakkur ham muhim
o‘rin tutishi tabiiy. Uning shakllanishi kishilarning hissiy kechinma va kayfiyatlariga ham
boQliq bo‘lib, inson kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy xususiyati, madaniy
saviyasi, shaxsiy taqdiri, yoshi va hokazolar aks etadi. Muayyan davr dunyoqarashida zamon ruhi,
ijtimoiy kuchlarning kayfiyati, intilishi ham o‘z ifodasini topadi. Masalan, bugungi o‘zbekiston
mustaqilligini mustahkamlash zarurati istiqlol dunyoqarashini shakllantirishga ulkan ta’sir
ko‘rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: