Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 9
Diniy e’tiqodlarning tarixiy shakllari. Insoniyat tarixiga ko‘p sonly turli-tuman dinlar ma’lum.
Xususan, madaniyat va bilimlar darajasi juda past bo‘lgan inson o‘ziga qudratli, yot va sirli
bo‘lib tuyulgan tabiatning favqulodda kuchlariga qarshilik ko‘rsata olmagan ibtidoiy jamoa
davrida dinning ancha sodda shakllari: fetishizm, animizm, totemizm, magiya va boshqalar
yuzaga kelgan.
Fetishizm – u yoki bu predmetni mo‘jizakor xislatlarga, odamlar hayotiga ta’sir ko‘rsatish
qobiliyatiga ega deb hisoblaydi. Bunday predmet ilohiylashtiriladi, sig‘inish va topinish
ob’ektiga aylanadi.
Animizm (lot. «anima» – «jon») – nafaqat odamlar, balki hayvonlar, predmetlar va borliq
hodisalarini ham ruh, jon boshqarib turishiga ishonishdir.Animizm nuqtai nazaridan butun dunyo
ruhli va jonli.
Totemizm negizini muayyan odamlar guruhining totem, ya’ni sig‘inish ob’ekti sanalgan ajdod
deb e’lon qilinadigan u yoki bu hayvon, o‘simlik, predmet bilan umumiy kelib chiqishiga
bo‘lgan ishonch tashkil etadi. Zero, totem mazkur jamoa yoki urug‘ning qudratli homiysi,
himoyachisi hisoblanadi, uni oziq-ovqat va shu kabilar bilan ta’minlaydi (Hindistonda Xonumon
maymuni, sigir,Avstraliyada kenguru, turli qabilalarda u yoki bu ilohiy predmet).
Magiya (yunon. «mageia» – «sehrgarlik») ham ibtidoiy din shakllaridan biri bo‘lib, uning
zamirida tabiiy kuchlar yordamisiz sirli tarzda, rasm-rusumlar, o‘ziga xos amallar majmui bilan
narsalar, odamlar, hayvonlar va hatto g‘ayritabiiy kuchlar – ruhlar, insu jinslar va shu kabilarga
ta’sir ko‘rsatish mumkinligiga bo‘lgan ishonch yotadi. Dinning ushbu qadimgi shakllari keyingi
diniy e’tiqodlar negizini tashkil etdi va politeizm (ko‘pxudolik)da ham, monoteizm
(yakkaxudolik)da ham u yoki bu darajada o‘z aksini topdi. Ular hozirda ham qisman mustaqil
holda mavjuddir.
Miloddan avvalgi VII–VI asrlarga kelib, asosan, mif va din ta’sirida odamlar dunyoqarashi
nafaqat kengaydi, balki ancha murakkablashdi. U mavhum nazariy fikrlash qobiliyati va
(to‘plangan bilimlar ko‘rinishida) real asoslarga ega bo‘lishi natijasida o‘z rivojlanishining
butunlay yangi darajasiga ko‘tarildi. Bunga, hech shubhasiz, mehnat taqsimotiga olib kelgan
rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, ma’lum miqdorda ortiqcha mavjudlik vositalari,
bo‘sh vaqtning paydo bo‘lishi ham imkoniyat yaratdi. Bularning barchasi muayyan shaxslar
doirasiga intellektual faoliyat bilan professional darajada shug‘ullanish imkonini berdi.
Shunday qilib, taxminan 2500 ming yil muqaddam dunyoqarashning uchinchi
shak li – falsafa paydo bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit Evropa va Osiyoda deyarli bir vaqtda
yuzaga keldi.
Dunyoqarashning avvalgi shakllari – mif va dindan farqli o‘laroq, falsafa dunyoni e’tiqod va tuyg‘ularga tayanib emas, balki aql va bilimlarga tayangan holda tushuntiradi .
Falsafa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Qadimgi Yunonistonda taxminan bir vaqtda,
avvalo, dunyoni oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi. Bu vaqtga kelib mif va din
o‘zlarining tayyor va uzil-kesil javoblari bilan insonning bilimga nisbatan tinimsiz kuchayib
borayotgan qiziqishini qondira olmadi. SHuningdek, ular sezilarli darajada o‘sgan va
murakkablashgan tajriba va bilimlarni umumlashtirish, tizimga solish va avlodlarga qoldirish
vazifasining ham uddasidan chiqolmay qoldi Yuz bergan o‘zgarishlarning yana bir sababi
shundaki, mifologiya olish,rivojlantirish va tushuntirish uchun navbatdagi miflar emas, balki
tabiiy qonuniyatlar va tabiiy-sababiy bog‘lanishlarga murojaat qilish talab etilgan ilmiy bilim
kurtaklari bilan to‘qnashdi. Pirovardida odamlar dunyoqarashida nisbatan qisqa vaqt ichida tub
o‘zgarishlar yuz berdi; unda bilim, tafakkur, tahliliy fikrlash tobora muhimroq rol o‘ynay
boshladi, ular sirtdan olingan axborotni sezgilar va emotsiyalar darajasida idrok etishga
asoslangan har xil e’tiqodlarni chetga chiqarib qo‘ydi.
Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan o‘rganadi.