Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

Dinning asosiy funksiyalari. 
Mif bilan taqqoslaganda, din funksiyalari murakkabroqdir. Din 
funksiyalari orasida quyidagilarni farqlash mumkin: 
• dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi 
butun borliq qachon va nima uchun paydo bo‘lgan 
va bunda g‘ayritabiiy kuchning roli qanday namoyon bo‘lgan,degan savollarga javob beradi; 
• kommunikativ funksiyasi 
muloqot va shaxslararo aloqalarning muayyan tipini ta’minlaydi, 
jamiyatning jipslashuvi va yaxlitligiga ko‘maklashadi; 
• tartibga solish funksiyasi 
odamlar xulq-atvorini tartibga soluvchi tegishli me’yorlar va 
qoidalarni belgilaydi
;
 
• kompensatorlik funksiyasi 
etishmayotgan axborot, diqqat-e’tibor, g‘amxo‘rlik o‘rnini 
to‘ldiradi, hayot ma’nosi, istiqbollar va shu kabilarning yo‘qligini sezdirmaydi, ya’ni insonning 
kundalik hayotda qondirilmagan ehtiyojlari o‘rnini to‘ldiradi. 
Dinning asosiy ildizlari. 
Din qonuniy hodisa sifatida vujudga kelgan bo‘lib, u insonning 
g‘ayritabiiy narsalar va hodisalarga bo‘lgan e’tiqodini to‘yintiruvchi chuqur ildizlarga egadir. 
Dinning psixologik ildizi, 
avvalo, inson tabiatida mavjud bo‘lib, u inson intellektining rivojlanish 
darajasi va tanqidiy fikrlash qobiliyatidan qat’i nazar, nafaqat tushunish, anglash, balki e’tiqod 
qilish istagi va hattoki ehtiyojining hamisha namoyon bo‘lishidir. 
Dinning gnoseologik ildizlari 
oqilona bilim nuqtai nazaridan dunyo o‘z rang-barangligida 
insonga cheksiz murakkab bo‘lib tuyulishida namoyon bo‘ladi. 
Dinning ijtimoiy ildizlari 
jamiyatda doimo mavjud bo‘lgan tengsizlik, qashshoqlik va 
adolatsizlikni, odamlar qancha urinmasin o‘zgartira yoki enga olmaganligi bilan bog‘liq. 
Adolatsizlik va foniy dunyoning nomukammalligi tuyg‘usi chorasizlik va umidsizlikni yuzaga 
keltiradi, so‘nggi zikr etilgan tuyg‘ular osongina u dunyoda hayotning mavjudligiga bo‘lgan 
ishonchga aylanadi. Vaholanki, har qanday din haqiqiy hayot u dunyodadir, deb o‘rgatadi. 
Muammolar, qiyinchiliklarga duch kelgan va real hayotda o‘ziga tayanch topa olmagan inson 
g‘ayritabiiy kuchlarga umid bog‘lab, narigi dunyoga murojaat etadi. Ularga e’tiqod qilib, 
odamzod taskin, tasalli topadi va oxir-oqibatda taqdirga tan beradi. 
Dinning siyosiy ildizlari 
turli siyosiy kuchlarning dindan o‘z mayda-chuyda manfaatlarida 
foydalanish imkoniyati va shu tariqa uni bevosita yoki bilvosita qo‘llab-quvvatlashi orqali, uning 
jamiyatdagi roli va ta’sirini kuchaytirishida namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda din va siyosat 
o‘rtasida ham uzviy va doimiy aloqa mavjud.



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin