1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI
12
usuliga ega bo‘ladi. Masalan, insonni ezgulikka yo‘naltirish uchun axloq uning aql-zakovatiga;
din — iymon-e’tiqodiga; huquq —
qonunlarga, jazo idoralariga; siyosat-davlat funksiyalariga
tayanadi va o‘ziga xos ta’sir yo‘nalishlariga ega bo‘ladi.
Falsafiy dunyoqarashning
inson faoliyatini
nazorat qilish
vazifasi ham bor. Bunda
dunyoqarashning jamoatchilik fikri tarzidagi ko‘rinishi nazarda tutiladi. Masalan, o‘zbek
xalqining tarixiy rivojlanishi va ma’naviy hayot tarzida mahalla ijtimoiy nazoratning muhim
instituti tarzida faoliyat ko‘rsatgan.
Falsafiy dunyoqarashning
birlashtirish
(kommunikativ) vazifasi turli dunyoqarash yo‘nalishlarini
milliy va umuminsoniy G‘oyalar atrofida uyg’unlashtirishi bilan xarakterlanadi.
Turli manfaatlar
bilan bog’liq bo‘lgani bois dunyoqarashlar o‘rtasida muayyan ziddiyatlar ro‘y berishi tabiiy. Bunday
sharoitda falsafiy dunyoqarash ularni murosaga keltirishga xizmat qiladi.
Falsafiy dunyoqarash, o‘z mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy-tarixiy tajribani umumlashtirish,
jamiyat istiqbolini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lganligi uchun ham xalqni muayyan g‘oya
atrofida birlashtiradi.Falsafiy dunyoqarashning
tarbiyaviy
vazifasi— kishilarda keng va teran
fikrlash qobiliyatini vujudga keltirish asosida bag‘rikenglik, murosa, har qanday ziddiyatlarni
madaniy yo‘l bilan hal qilish, kelajakka umid va ishonch ruhini shakllantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: