Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: SHARQ FALSAFASI 26
1) barcha odamlarni ma’rifatli qilishga intilish, bu yo‘lda o‘tmish merosidan va qo‘shni
mamlakatlarning fan, madaniyat yutuqlaridan foydalanish, tabiiy-falsafiy va ijtimoiy fanlarni
rivojlantirish;
2) tabiatni o‘rganish, tabiiy-ilmiy bilimlarni oqilonalikka tayanib rivojlantirish, aqlning kuchiga
ishonish, asosiy e’tiborni haqiqatni bilishga qaratish, haqiqatni inson bilimining negizi deb
bilish;
3) insonga xos tabiiy, badiiy, ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish, insonparvarlikni ulug‘lash,
barkamol avlodni tarbiyalashda oliy ma’naviy qonunlarga rioya qilish;
4) universalizm – borliq va ijtimoiy hayotning barcha muammolariga qiziqish, bu davr
madaniyatining muhim jihatlaridir.
Bu davr madaniyati umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishiga xizmat qilgan. Savdo-sotiqning
rivojlanishi, iqtisodiy aloqalarning kengayishi, xalifalikning turli viloyatlari o‘rtasida madaniy
qadriyatlar almashinuvi va uning boshqa mamlakatlar bilan aloqalarining kuchayishi, tabiiy va
madaniy boyliklar, turli xalqlarning an’analari, tili va tarixini o‘rganish bilishning eng to‘g‘ri
yo‘llari va usullarini yaratish, bilish jarayonining butun apparatini takomillashtirishga bo‘lgan
ehtiyojni kuchaytirdi. Fanning optika, matematika, astronomiya kabi tarmoqlarining jadal
rivojlanishi tabiatni chuqur o‘rganish va tadqiqot metodlarini kengaytirishga imkoniyat yaratdi.
O‘rta asrlarda Sharq falsafasi mifologiya va din qo‘ynidagina emas, balki fan qo‘ynida ham
rivojlanadi. Sharq olimlari matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, tarix, alximiya
sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlar ma’lum. Odatda, tabib, munajjim, sayyoh bo‘lgan Sharq
faylasuflari asbtrakt mulohazalardan ko‘ra ko‘proq tabiatshunoslik va tajribaga tayanganlar.
Sharq falsafiy tafakkurining yirik namoyandalari orasida Markaziy Osiyolik mashhur faylasuf,
qomuschi-olim, Yaqin va O‘rta Sharqda aristotelizm asoschilaridan biri Forobiy, buyuk faylasuf
va tabib Ibn Sino (Avitsenna), atoqli astronom, matematik, shoir va mutafakkir Umar Xayyom,
tabib va faylasuf Ibn Rushd (Averroes) bor.