Bashorat qilish «murakkab narsani oddiy narsaga aylantirish»ning oliy darajasini tashkil etadi. Ilmiy bilim taraqqiyoti ilmiy bashorat kuchining o‘sishi va mazkur hodisa chegaralarining
kengayishi bilan bog‘liq. Bashorat qilish jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish imkonini
beradi. Ilmiy
bilish nafaqat kelajakni bashorat qilish, balki bu kelajakni ongli ravishda
shakllantirish uchun imkoniyat yaratadi. Har qanday fanning hayot mazmunini
shunday
tavsiflash mumkin: bashorat qilish uchun bilish, ish ko‘rish uchun bashorat qilish kerak.
Masalan, D.I.Mendeleev yuz yil keyin kashf etilgan kimyoviyelementlarning mavjudligini
bashorat qilgan edi.
Intuitsiya –
haqiqatni mantiqiy dalillar yordamisiz, bevosita anglab etish qobiliyatidir . U doim
inson aqli va joni birgalikda amalga oshirgan katta ish
mahsuli hisoblanadi. SHu ma’noda faqat
iste’dodli, mehnatkash va tirishqoq
odamlargina intuitiv bilishga qodir.
Intuitsiya muammosi
falsafa va tabiatshunoslik tarixida har xil, ba’zan
bir-birini istisno etuvchi yondashuvlar, nuqtai
nazarlar va tasavvurlar bilan
tavsiflanadi. Antik falsafadayoq bu muammo atrofida keskin
bahslar bo‘lgan.
Ioniya falsafasi namoyandalari intuitsiyaga bevosita bilim, sezgi a’zolari
orqali
bilish shakli deb qaragan bo‘lsalar, eley maktabi vakillari, shuningdek, Levkipp va Demokrit
bevosita bilim va sezgi a’zolari orqali bilishni
rad etganlar, sezgilarni soxta deb e’lon qilganlar.
Suqrot talqinida intuitsiya «daymoniy» yoki «predmet g‘oyasiga egalik»dir. Platon ham hissiy
bilishni
haqiqat emas deb hisoblagan.
Hissiy, empirik va nazariy bilish birligi. Ko‘p sonli ma’lumotlar sezgi a’zolari orqali va
oqilona bilish nafaqat bir-biri bilan bog‘liq, balki bir-birini taqozo etishidan dalolat beradi. Inson