6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 94
bilan chambarchas bog‘liq. Nisbiy haqiqatlar bi lish taraqqiyoti jarayonida rivojlanib, o‘z
chegarasi bo‘lgan mutlaq
haqiqatga yaqin lashadi.
Isbotlash va rad etish. Fanning u yoki bu qoidasining haqiqiyligi yoki soxtaligi, aniq-ravshan
ko‘rinib turmaydi. Faqat eng sodda mulohazalar o‘zining haqiqiyligini tasdiqlash uchun sezgi
idrokidangina foydalanishni talab qiladi: ko‘rsatish mumkin bo‘lgan narsani isbotlashning hojati
yo‘q. Fanning aksariyat qoidalari sezgi a’zolari orqali bilish darajasida va boshqa haqiqatlardan
alohida emas, balki mantiqiy tafakkur darajasida, boshqa haqiqatlarga bog‘langan holda, ya’ni
isbotlash yo‘li bilan haqiqiy deb qabul qilinadi. Isbotlash – ilmiy tafakkurning muhim vositasi.
Har qanday isbotda tezis, isbotlash uchun asoslar (dalillar) va isbotlash usuli mavjud. Haqiqiyligi
yoki soxtaligi isbotlash yo‘li bilan aniqlanayotgan qoida tezis deb ataladi. Tezisning soxtaligini
aniqlash – rad etish deb ataladi. Isbotlashda foydalanilayotgan va isbotlanayotgan tezisning
haqiqiyligini ko‘rsatayotgan barcha qoidalar asoslar yoki dalillar deb ataladi. Asoslar va dalillar
ishonchli dalillar haqidagi qoidalar, ta’riflar, aksiomalar va ilgari isbotlangan qoidalardan tashkil
topadi.
Yolg‘on haqiqatning qarama-qarshisi.
YOlg‘on odatda noto‘g‘riligi ayon bo‘lgan tasavvurlarni bila turib haqiqat darajasiga ko‘tarish sifatida tushuniladi. YOlg‘on kundalik va ijtimoiy
hayotda keng tarqalgan bo‘lib, odamlar o‘zaro
aloqa qiluvchi hamma joyda uchraydi; u
individlar va ijtimoiy guruhlar manfaatlarining «uchrashuvi» yuz beradigan har qanday insoniy
munosabatlar funksiyasidir. Gap yolg‘on mavjud yoki mavjud emasligida emas (oddiy hayot
tajribasi
uning mavjudligidan dalolat beradi), balki har bir muayyan holda uning ulushi
qanchaligidadir.
Beruniy fikricha, «SHunday kishilar bo‘ladiki, ularning tabiatiga yolg‘on
xabar
tarqatish o‘rnashib qolib, go‘yo unga shu vazifa yuklatilgandek bo‘ladi va
yolg‘on xabar
tarqatmasdan turolmaydi... Ba’zan kishi yolg‘on xabar tarqatuvchiga
taqlid qilib, bilmasdan
yolg‘on xabar tarqatadi. Bu xabarchilar birinchi marta
ataylab yolg‘on xabar tarqatgan kishi
bilan eng keyin yolg‘on xabarni eshituvchi
oralig‘ida vositachi bo‘ladilar. YOlg‘onchilik kishini
adolatdan yuz o‘girtiradi,zulm, yolg‘on guvohlik, omonatga xiyonat qilish, boshqalar mulklarini
hiyla bilan
bosib olish, o‘g‘irlik, dunyo va xalqning buzilishiga sabab bo‘ladigan boshqa yomon
xulqlarni kishilar yaxshi qilib ko‘rsatadilar»
6
. Beruniy insonni rostgo‘ylik
qolib, yolg‘onchilik
yo‘lidan yurmasligi, boshqalarga yaxshilik qilish, yaxshilik
qilish imkoniyati bo‘lmasa, yaxshi
tilaklar izhor qilishga chorlaydi. Rostgo‘ylik,odillik, Beruniy fikricha, yuksak ma’naviyat, go‘zal
odob – axloq belgisidir.
Insonning individual rivojlanish jarayonida yolg‘on bolada jazodan
qutulib
qolishga harakat qilish, kattalar o‘rnagi va shu kabilar orqali shakllanadi. Keyinchalik
bunga jamiyat kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Insonni bu tomonga itaruvchi omillar majmui orasida
ehtiroslar, shu jumladan, muhabbat tobora kengroq o‘rin egallay boshlaydi. Muhabbat «son-
sanoqsiz yolg‘onni vujudga keltiradi. Oshiq odam o‘zining narxini oshirish uchun yolg‘on
so‘zlaydi, o‘z raqibining obro‘sini tushirish uchun, rashk o‘tini yoqish uchun... sovib borayotgan
muhabbat otashini qayta o‘t oldirish uchun aldaydi, nihoyat, muhabbat yo‘qolgan holda yolg‘on
gapiradi»
7
. YOlg‘on takabburlik, irodasizlik, muvaffaqiyatga intilish, pulga, hokimiyatga o‘chlik
va hokazolar zaminida yuzaga keladi.