Ob’ektiv haqiqat –
bilimlarimizning inson insoniyatga bog‘liq bo‘lmagan mazmuni. Bizning
bilimlarimizda doim yo muayyan odamga, yo muayyan ijtimoiy
guruhga bog‘liq bo‘lgan unsur
mavjud bo‘ladi. Binobarin, o‘z bilimlarimizda
sub’ektiv unsurlarga bog‘liq bo‘lmagan va shu
sababli ob’ektiv hisoblanadigan
mazmunni qayd etishimiz lozim. Ob’ektiv haqiqat rivojlanib,
ikki shakl: nisbiy va mutlaq haqiqat shakllarida amal qiladi.
Mutlaq haqiqat –
predmetni kelajakda to‘ldirilishi yoki unga aniqlikki ritilishi mumkin bo‘lmagan tarzda to‘la, mukammal bilishdir . Olam vaqt
va makonda cheksizligi tufayli bunday
bilimga amalda erishish mumkin emas.
Haqiqat tushunchasini mutlaq haqiqat tushunchasi bilan
tenglashtirib, biz unga
erishib bo‘lmasligi, demak, umuman bilish mumkin emasligi haqida
gapiramiz.
Biroq fanning haqiqiy tarixi buning teskarisidan dalolat beradi: fan rivojlanadi,
chunki u nisbiy va mutlaq bilimning birligi sifatida tushuniladigan
haqiqatni bilishga qodir.
Boshqacha aytganda, ob’ektiv haqiqat to‘la va mukammal ko‘rinishdagi mutlaq haqiqatdir.
Ayrim hollarda, agar haqiqat vaqt o‘tishi
bilan o‘zgarmasa, ya’ni vaqt shart-sharoitlariga bog‘liq
bo‘lmasa, u boqiy haqiqat
deb ataladi.
Nisbiy haqiqat –
borliqni asosan to‘g‘ri aks ettirsa-da, obraz ob’ektga uncha mos emasligi bilan ajralib turadigan bilim . Nisbiy haqiqat to‘g‘ri, biroq
noto‘liq, taxminiy, vaqt va joyning
muayyan tarixiy shart-sharoitlari bilan
cheklangan haqiqatdir.
Nisbiy va mutlaq haqiqat bir-biri
5
Қаранг: S.М. Hotamiy. Islom tafakkuri tarixidan. –Т.: «Minhoj», 2003 y. 126-b.