7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI.
JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
110
sezgilar va aql-idrok darajasida, emotsiyalar va tuyg‘ular, tasavvurlar, idroklar, mulohazalar,
mayllar, istaklar, intilishlar, afzalliklar va albatta, faoliyat ko‘rinishida ro‘yobga chiqib, inson
hayot faoliyatining barcha turlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Baholashning mohiyatini teranroq anglab etish uchun uni «qadriyat» bilan solishtirish o‘rinli
bo‘ladi. Baholash va qadriyat – bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tushunchalar, lekin ularning
o‘rtasida jiddiy farq ham mavjud. Xo‘sh, bu farq nimalarda ko‘rinadi?
Birinchidan, qadriyat biz baho berayotgan narsa, ya’ni baholash predmeti bo‘lsa, baholash – bu
baho berish jarayoni, ya’ni aqliy faoliyat bo‘lib, uning natijasi o‘laroq borliqning muayyan
predmeti biz uchun qanday qimmatga ega ekanligi aniqlanadi. Predmetni yoki uning xossasini
foydali, yoqimli, yaxshi, chiroyli deb topib, biz baholashni amalga oshiramiz.
Ikkinchidan, faqat ijobiy ahamiyat kasb etuvchi qadriyatlardan farqli o‘laroq («salbiy
qadriyatlar» bo‘lishi mumkin emas), berilgan baho ijobiy bo‘lishi ham, salbiy bo‘lishi ham
mumkin. Biz muayyan predmetni yoki uning xossasini foydali emas, balki zararli deb,
topishimiz, muayyan xatti-harakatni yomon, axloqqa zid deb, baholashimiz, ko‘rilgan filmni
mantiqsiz deb, qoralashimiz mumkin. Bunday fikrlarning barchasi baholash hisoblanadi.
Uchinchidan, qadriyat amaliy munosabat mahsuli sifatida ob’ektiv hisoblanadi. Baholash esa,
sub’ektivdir. U ob’ektiv qadriyatning sifatigagina emas, balki baholovchi sub’ektning ijtimoiy va
individual fazilatlariga ham bog‘liqdir. Ayni shu sababli, ayni bir hodisa ayni bir davrda
yashayotgan odamlar tomonidan turlicha baholanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: