Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

Ehtiyojlar va qadriyatlar. 
Insonga nima muhim? Muhimliklar dunyosi qadriyatlar dunyosi 
bilan ayniymi? Inson faoliyatining birinchi manbai va harakatlantiruvchi kuchi ehtiyojlardir. 
Inson ehtiyojlari uning hayotini,xususan jismoniy, aqliy, ma’naviy, ishlab chiqarishga doir, 
oilaviy hayotni saqlash yoki o‘zgartirish zaruriyatining ifodasi sifatida vujudga keladi. Ijobiy 
yoki salbiy aloqalar va munosabatlarning butun rang-barangligi tegishli ehtiyojlarni u yoki bu 
tarzda vujudga keltiradi. Inson bu ehtiyojlarni anglashi yoki anglamasligi yoinki noto‘g‘ri 
anglashi mumkin. Ammo, har qanday sharoitda ehtiyojlar insonni faoliyatga da’vat etadi. Bu 
faoliyat samarali yoki samarasiz, puxta o‘ylangan yoki spontan va tartibsiz bo‘lishi mumkin. 
Ehtiyojlar tashqi muhit predmetlari va sharoitlariga yoki ichki, ma’naviy uyg‘unlikka erishishga 
muhtojlik sifatida anglanadi. Ular tashqi dunyo bilan muayyan munosabatlarda namoyon bo‘lib, 
ob’ektlarni, o‘zlari yo‘naltirilgan mavjud borliqni ham, o‘z manbai sanalgan sub’ektning muhim 
xususiyatlarini ham tavsiflaydi. SHaxs faolligining teran asosi sanalgan ehtiyojlar inson 
faoliyatini ularni ro‘yobga chiqarishga yo‘naltiruvchi mo‘ljallar, mayllar va manfaatlarda o‘z 
rivojini topadi. Aynan ehtiyojlar inson ongining nisbiy mezoni, uning mayllari, manfaatlari, 
didlari va ideallarining poydevori hisoblanadi. Inson ehtiyojlari o‘zgaruvchan, harakatchan, 
o‘zaro bog‘langan va bir-birining o‘rnini bosishga qodir. Ularning ayrimlari vujudga keladi, 
ba’zilari yo‘q bo‘ladi, ayrimlari aktuallashadi, ba’zilari ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi. 
Inson ehtiyojlari sifat jihatidan cheksiz va kengayishga qodir, zero, ularning shakllanishi 
individlarning bir-biri va jamiyat bilan ijtimoiy aloqalarining ko‘p sonliligi va intensivligini aks 
ettiradi. Ijtimoiy hayotning, ijtimoiy munosabatlar majmuining murakkablashuvi va 
differensiatsiyalanishi, moddiy va ma’naviy hayotning o‘z me’yorlari va qadriyatlari bilan 
rivojlanishi, inson ma’naviy hayotining jo‘shqinligi – bularning barchasi uning ehtiyojlari 
o‘zgarishi va rivojlanishini belgilaydi. Garchi, qadriyatlar ehtiyojlar bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lsa-da, lekin ular bilan uzviy emas. Ehtiyojlar harakatchan, qadriyatlar nisbatan barqarordir; 
ehtiyojlar ierarxiyaviy bo‘lib, ularning ierarxiyasi muntazam ravishda o‘zgaradi, qadriyatlar esa 
nisbatan o‘zgarmas va individ tomonidan uning ijtimoiylashuvi jarayonida o‘zlashtiriladi. Bu 
hayotning har qanday sohasida yuz bergan yangiliklarga nisbatan ancha keng tarqalgan 
muxolifatni izohlaydi. Masalan, rim imperatorlari xristian dinining qimmatini tan olgunlariga 
qadar xristianlar asrlar mobaynida quvg‘in qilinganlar. Belorusiyalik mashhur rassom Mark 
SHagalning o‘ziga xos ijodi, garchi butun dunyoda yuksak baholangan bo‘lsa-da, o‘z vatanida 
hanuzgacha tan olinmagan va uncha ma’lum emas. Sezann ijodi rassomning o‘limidan keyingina 
tan olingan, uning tiriklik paytida esa mazkur buyuk musavvirning asarlari Parijdagi zamonaviy 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin