Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
18-MAVZU. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI 278
habardor, desam yanglishmagan bo'laman. Lekin, bir narsaga g'oyatda tahdidli, u ham bo'lsa,
ommaviy
madaniyat
insonni
“qiyofasiz”
oqimning bir qismiga aylantirib qo'yishidadir.
Bu illat aksariyat xollarda haqiqat, go'zallik,
ezgulik
singari
muqaddas
tushunchalarni
umumiste'molchilik ehtiyoji bilan bog'lab,
iste'mol va tovar sifatida haridorgir bo'lishiga
qaratilgan maqsadni targ'ib qiladi. Bu esa
pirovardida “bozor adabiyoti”, “bozor san'ati”
degan
ma'naviyatga
tahdid
soluvchi
hodisalarning “gullab-yashnashi” uchun imkon yaratadi. Bugun turli arzonbaho ishqiy yoki
detektiv sarguzashtlarning bozori chaqqon. Didsiz, saviyasiz, “millati”ning tayini yo'q “badiiy”
filmlar ham ko'payib ketgan. “Bozor san'ati” deganda, birinchi navbatda, anashunaqa filmlar va
bayram sahnalarida qarsillatib aytiladigan yangroq ashulalar esga tushadi. XXI asr ommaviy
madaniyati zamonaviy qiyofada go'yo rivojlangan madaniy dunyoga integratsiyalashish
niqoblari ostida namoyon bo'lmoqda. Bu niqoblar ostidagi salbiy xolatlar va ular shakllantirish
mumkin bo'lgan illatlar bilan umuminsoniy qadriyatlar orasidagi keskin tafovutni anglay bilish
zamon talabidir. Ommaviy madaniyat eng avvalo, milliy axloqqa zarba berib, jamiyatning
g'oyaviy tizimini izdan chiqarishi bilan hatarli ekanligini ham to'g'ri tushunish kerak. Bu havf-
xatarga qarshi qatiy tura oladigan shaxsni shakllantirishda tarbiyaning barcha ko'rinishlarini
uyg'un xolda olib borish shart. Estetik tarbiya aynan shu maqsad yo'lida yosh avlodni milliylikka
zid bo'lmagan estetik ideal timsolida, yuksak didli qilib tarbiyalash bilan dolzarb vazifa bo'lib
qolmoqda. Xo'sh “ommaviy madaniyat”ning illat sifatida qanday namoyon bo'lishi mumkin? 1.
“Ommaviy madaniyat” namoyondalarining amallari o'zlari uchun har taraflama manfaatdorlikka
asoslangan: ular “noyob san'at” namunalari-g'oyalarini nafaqat targ'ib qiladi, balki pullaydi ham.
2. Faqat bugunni, yana ham aniqrog'i hozirni ko'radi va tan oladi. 3. Umuminsoniy madaniyatni
bo'ysindirish va o'z ta'sir doirasiga tortish kabi tuban maqsadlarni amalga oshirishga harakat
qiladi. 4. U odamzodning fikrlashiga tish-tirnog'i bilan qarshi. Andozalashgan axborot-u
mahsulotlar qurshovida qolgan odamlarning o'zi ham bora-bora bir o'lchamga tushadi:
hammaning yurish-turishi, o'y-kechinmasi, fikrlash tarzi, bari bir xil. 5. Shaxsning