Образование и инновационные исследования (2022 год №2) ISSN 2181-1717 (E) 165 http://interscience.uz
etalon bilan taqqoslaydi hamda buyumning rangi, shakli, katta-kichikligi, detallarining fazoviy
joylashishini aytib beradi. Sensor tarbiyaninng mazmuni o`z ichiga tevarak-atrofdagi hamma
sensor belgilarni qamrab oladi. Bular bolalarning hamma faoliyatlari orqali amalga oshiriladi va
har xil sensor asosga egadir.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bola ranglarni farq qilish va ularning nomini aytishga
o`rgatiladi, ularda rang tuslari haqida, bo`yoqlarni aralashtirish natijasida yangi rang yoki tuslar
paydo bo`lishi to`g`risida tasavvur hosil bo`ladi, shuningdek ular (nutqning tovush tomonlarini,
so`zning tovush tuzilishini tahlil qilish qobiliyatini) va musiqa tinglash o`quvini rivojlantirish
ham sensor tarbiya mazmuniga kiradi. Sensor tarbiya, shuningdek, taktil sezgilarni, buyumlarning
sifatini paypaslab, ko`rib farqlash va ularni to`g`ri aytish (silliq, mayin, dag`al, yumshoq, og`ir,
yengil, sovuq, issiq va boshqalar) ko`nikmalarni rivojlantirish ham sensor tarbiya vazifalaridan
biridir. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda turli tushunchalarni ifodalovchi so‘zlarni belgi
va xususiyatlariga ko‘ra guruhlash ko‘nikmasi ham hosil qilinadi. Shu tariqa bolalarning so‘z
boyligini oshirish ustida amalga oshiriladigan didaktik ishlarning mazmuni ularning moddiy
borliq haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga asos bo‘ladi. Natijada bolalarning so‘z boyligi
ortadi, muloqotga kirishish ko‘nikmalari takomillashadi. Bolalarning so‘z boyligi o‘zining
mazmuniga ko‘ra rangba-rangligi bilan bir-biridan farqlanadi. Ular tomonidan o‘zlashtirilgan
so‘zlar o‘zining tabiatiga ko‘ra barcha so‘z turkumlariga mansub bo‘ladi.
Bolalarning so‘z boyliklarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar buyumlar,
hodisalar, ularning nomlari bilan dastlabki tanishtirishga bag‘ishlangan mashg‘ulotlardan
boshlanadi. Ushbu vazifani bolalarga buyumlar, ularning tasviri, narsalardan qanday foydalanish
kerakligini namoyish etish, shuningdek, «Qo‘g‘irchoqni sayrga olib chiqish uchun kiyintiramiz»,
«Momiq mushukchani sut bilan siylaymiz» kabi o‘yin-mashg‘ulotlari orqali amalga oshirish
mumkin. Bunday mashg‘ulotlardan ko‘zda tutiladigan asosiy maqsad – bolalar nutqiga narsalar
nomi va ular ustida bajariladigan ayrim hatti-harakatlar, xususiyatlarini singdirishdan iborat.
Bu vazifani bolalarda idrok va tasavvurni to‘g‘ri shakllantirgandagina muvaffaqiyatli hal etish
mumkin. Bunda bolaning diqqatini buyumlar, harakatlar, ularning tasodifan paydo bo‘lishi
va yo‘qolib qolishi, o‘zaro munosabatlari, undan qanday foydalanishni o‘rgatishni taqdim
etadigan usullarni qo‘llashda samaradorlikka erishish imkonini beradi. Buyum yoki harakatning
nomi bolaning diqqati to‘laligicha unga qaratilgandan so‘nggina aytiladi. Bunda buyumning
nomi tarbiyachi tomonidan ko‘p marotaba takrorlanadi. Mashg‘ulotlar davomida so‘z signal,
mazkur buyumning belgisi sifatida qo‘llanilishi kerak. Shu maqsadda, odatda, izlanish vaziyati
yuzaga keltirilib, savol beriladi: idish qayerda?, qo‘g‘irchoq yoki koptokchi? kabi. Yo‘qolgan
buyumning bola tomonidan faol izlanayotganligini his etayotgan tarbiyachi uni yana bir
marta ko‘rsatadi. Aynan shu orqali so‘z buyumning o‘zi va uning timsoli bilan bog‘lanadi,
tanishish jarayoni vujudga keladi. Shundan keyingina tarbiyachi bolalarning taqlid qilish
ko‘nikmalarini faollashtirishga – bolalarning buyum paydo bo‘lganda yoki yo‘qolib qolganda
nomini takrorlashlariga harakat qiladi. So‘zlarning bola ongida mustahkam muhrlanib qolishi
buyumlar va hodisalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar jarayonida amalga oshiriladi.
Bunday mashg‘ulotlarda bolalar boshqa buyumlar orasidan bir narsani tanlab, olib keladilar,
tanish buyumlarni ko‘rsatadilar, ular bilan turli-tuman hatti-harakatlarni amalga oshiradilar.
Maktabgacha ta’lim jarayonida bolalar ona tilining imkoniyatlarini o‘rganar ekanlar,
asosan og‘zaki nutq ko‘nikmalarini egallaydilar. Buning natijasida ularda muloqot ko‘nikmalari
tadrijiy tarzda rivojlanadi. Bolaning kattalar bilan muloqotida uning hissiyotlari yetakchi o‘rin
egallaydi. Bu bola hayotining dastlabki yili – nutqni shakllantirishga tayyorlash jarayonida
kattalar bilan o‘zaro munosabatining negizi sifatida tarkib topadi. Kattalarning tabassum
bilan qarashiga bola ham jilmayish bilan javob qaytaradi, ularga javoban o‘ziga xos tovushlar
chiqaradi. Bola kattalarning hissiy holati, tabassumi, kulgusi, tovushidagi yoqimli ohangdan
kuch-quvvat oladi. Bu bola tomonidan amalga oshiriladigan nutqiy emas, balki hissiy muloqot