Образование и инновационные исследования (2022 год №2)
ISSN 2181-1717 (E)
167
http://interscience.uz
o‘zlashtirish – ona tiliga xos tovushlarni o‘zlashtirib olishdangina iborat emas, shuning uchun
nutqning tovush tomonini o‘zlashtirish tushunchasiga nafaqat ularni to‘g‘ri talaffuz qilish, balki
tovushning
baland-pastligi, ifodalanish sur’ati kabilar ham kiradi. Shuni alohida ta’kidlash
kerakki, nutqning tovush tomoni uning mazmunini ifodalaydi. U nutqning eng kichik birligi
bo‘lgan tovushning fizik va lingvistik tavsifini o‘z ichiga oladi. Bu jarayonda nutqiy muloqotga
bo‘lgan faol va nofaol munosabatni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Shuning uchun ham talaffuz
ko‘nikmalari ikki guruhga bo‘linadi: nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qilish ko‘nikmasi va
o‘zgalar nutqini eshitish ko‘nikmasi. Talaffuz ko‘nikmalari tarkibiga
kiruvchi turli birliklar
muloqot jarayonining samaradorligini ta’minlaydi. Masalan, bola
talaffuzidagi ayrim xatolar
fikrning tushunarliligini umumiy tarzda pasaytira olmasa ham, muloqot jarayoniga jiddiy ta’sir
ko‘rsatadi. Xuddi shuningdek, ohangdorlik ifodalilikning past darajasi so‘zlarni idrok qilishni
qiyinlashtiradi. Bunda nutqning ifodalilik
darajasigina pasayib qolmasdan, ma’no urg‘ulari
o‘zaro qorishadi. Bu esa idrok etilayotgan nutq mazmunini tushunishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqorida aytilganlarga xulosa qilib, sensor tarbiya bolalarning hamma faoliyatlarida amalga
oshiriladi deb aytish mumkin. Bunday mashg‘ulotlarda lug‘at bilan ishlash mazmuni bolalarning
so‘z boyligini ijtimoiy voqelik yordamida rivojlantirib borish bilan uzviy bog‘langan bo‘lsa
yanada maqsadga muvofiq bo’ladi. Mashg‘ulotlar jarayonida bolalar o‘zlashtirgan so‘zlar o‘yin,
kundalik faoliyat, kattalar bilan muloqot jarayonida mustahkamlanadi va faollashadi. Kundalik
turmushda o‘zlashtirilgan so‘zlar esa mushg‘ulotlar jarayonida mustahkamlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017—2021 yillarda maktabgacha ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ—2707 29.12.2016
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim –tarbiya
tizimini yanada
takomillashtirishga oid qo’shimcha chora tadbirlar” PQ-4884 6.11.2020
3.O’zbekiston Respublikasi «Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to’g’risida»gi Nizom.
Т., 2017
4. Babayeva D.R.Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi. Toshkent- 2018
5. F.Qodirova, Sh.Toshpo‘latova, M.A’zamova. Maktabgacha pedagogika. T.,
“TAFAKKUR” - 2019
6. Hasanboyeva 0., Tadjieva М., Toshpulatova Sh. va boshq. Maktabgacha ta’lim
pedagogikasi. Т.:
Ilm-ziyo, 2012
7. Mirdjalilova S., R.To‘laganova Ta’limda innovatsiya. Ta’lim
jarayonida pedagogik
texnologiyalar. Metodik
tavsiyanoma, 2008 yil