Serra-leone afrika mamlakatiga sayohat! Abdurahim abduvaliyev



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə2/4
tarix02.05.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#105956
1   2   3   4
SERRA-LEONE

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Sanoati

Xo’jaligi

Syerra-Leone — konchilik sanoati bir muncha rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 52%, sanoatning ulushi 16%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 32%.

Qishloq xoʻjaligi mamlakatning oziqovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirmaydi. Mamlakat yer fondi 7,2 mln. gektar, shundan 4 mln. gektari dehqonchilik uchun yarokli, ammo 0,8 mln. gektar yerdan foydalaniladi, 2,2 mln. gektar yer yaylov. Sohil yaqinidagi mangrozor botqoqliklar oʻzlashtirilib, sholi ekila boshladi. Eksport uchun palma yongʻogʻi, kofe, kakao, yer yongʻoq, zanjabil, sitrus mevalar, ichki ehtiyoj uchun sholi, maniok, makkajoʻxori, tariq, oq joʻxori, batat, shakar qamish, tamaki yetishtiriladi. Chorvachilik sust rivojlangan, qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa boqiladi. Baliq ovlash va parrandachilik rivojlangan

Sanoati

Konlarda olmos, temir rudasi, boksit, rutil, oltin qazib olinadi. Ishlab chiqarish. sanoati mustaqillik yillarida tashkil etildi. Neft va qishloq xoʻjaligi. xom ashyosini qayta ishlaydigan, qurilish materiallari, poyabzal ishlab chiqaradigan korxonalar, tamaki fabrikasi va pivo zavodi, kimyo, metallsozlik sanoati korxonalari, avtomobillarni taʼmirlash ustaxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 237 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Transport yoʻli uzunligi 84 km, avtomobil yoʻllari — 11,7 ming km. Asosiy dengiz porti — Fritaun, xapqaro aeroporti — Lungi. SL. chetga olmos, boksit, kakao, kofe doni, palma yongʻogʻi magʻzi chiqaradi; chetdan mashina va uskuna, kimyo va oziqovqat mahsulotlari keltiradi. AQSH, Nigeriya, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan savdo qiladi. Pul birligi — leone.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Mustaqillik eʼlon qilinganidan keyin 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etildi. Davlatga qarashli maktablar bilan bir qatorda xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich maktab 7 yillik. Fritaun va uning atrofida darslar ingliz tilida, viloyatlarda koʻp tarqalgan mahalliy tillardan birida olib boriladi. Boshlangʻich maktabni tugatgan bolalar oʻrta maktabda yoki hunartexnika oʻquv yurtida oʻqishni davom ettirishlari mumkin. Oʻrta maktablar 7 yillik umumiy taʼlim maktablari va 3—4 yillik zamonaviy oʻrta maktablardan iborat. Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich va zamonaviy oʻrta maktab negizida olib boriladi; ularda oʻqish muddati 1—3-yil Fritaun va Kenemadagi texnika intlari maxsus oʻrta maʼlumot beradi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari ped. bilim yurtlarida, oʻrta maktab oʻqituvchilari ped. kollejlarida tayyorlanadi. Fritaundagi Syerra-Leone universiteta (1967)ni tugatgan mutaxassislar toʻliq oʻrta maktab va ped. kollejlarida dars berishi mumkin. Mazkur universitet mamlakatdagi ilmiy faoliyatni muvofiqlashtiruvchi markaz vazifasini ham bajaradi. Bundan tashqari Dengiz biol.si va okeanshunoslik instituti (1966), FuraBey kolleji huzurida Afrikani oʻrganish instituti, Sanʼat, adabiyot va tarixni oʻrganish bilan shugʻullanuvchi Syerra-Leone jamiyati (1918), geol. xizmati (1918) bor. FuraBey kolleji kutubxonasi (1827), J. Tomas kutubxonasi, turli viloyat va shaharlarda kutubxonalar, Fritaunda Milliy muzey mavjud.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin