Servis faoliyatining mamlakat ijtimoiy -iqtisodiy hayotidagi ahamiyati. Reja


Texnogenli sivilizasiyani rivojlanishi sari odamni ichki inqirozi ro’y beradi



Yüklə 39,49 Kb.
səhifə5/11
tarix01.04.2023
ölçüsü39,49 Kb.
#92345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Servis faoliyatining mamlakat ijtimoiy iqtisodiy hayotidagi ahamiyati(1)

Texnogenli sivilizasiyani rivojlanishi sari odamni ichki inqirozi ro’y beradi.

Zamonaviy hayot tarzi oila, alohida inson hayot faoliyati uchun noqulay sharoitlar yaratadi. Ko’pgina odamlar psixologik zo’riqishlarni qiyin yengib o’tadi, texnogen muhitga moslasha olmaydi. Odam umumiy ma’naviy qiyofasini yo’qota boshlaydi, ularda oila, bolalarga bo’lgan ehtiyoj yo’qola boradi. Bunday odamlar sonini oshib borishi jamiyatda jinoyatlar sonini o’sishiga, ruhiy kasallar shuningdek, aroqxo’rlar, giyoxvandlar, ishsiz, uy-joysiz shaxslarni paydo bo’lishiga olib keladi.

4. .Servis faoliyati ehtiyoj sifatida .
Servis faoliyatining amaliyotida ehtiyojlar o‘zgarishining qonuniyatlari ko‘zga tashlanmoqda. Xayot darajasi pastdavlatlarda oddiy va dastlabki ehtiyojlarga talab ko‘pligi ko‘zga tashlanadi. Xayot darajasining oshishi bilan nafaqat kundalik ehtiyojlar, balki qiyin ehtiyojlarga ham talab oshib boradi. Xizmatlar sifatiga ham talablar oshib boradi. Undan tashqari bir jamiyatda aholining turli qatlamlari, o‘zlarining daromad miqdoriga qarab, turli xildagi servis xizmatlariga talab qo‘yishadilar. Xayot darajasida qanchalik farq bo‘lsa, baxo va sifat bilan farqlanadigan xizmatlarga talab doirasi ko‘payib boradi.Yuqoridagi tavsiflar ehtiyojlarni o’z genezisi va sifati bo’yicha turli tuman bo’lishi mumkinligini taqozo etadi.Jismoniy va jismoniy plandagi ehtiyojlar. Ular odam organizmi strukturasiga shunchalik kuchli singib borganki, uni hayoti davomida kunlik qondirilishini talab qiladi. Bular harakatlanishga, tungi uyquga, ovqatlanishga, ichishga va boshqalarga bo’lgan ehtiyojlardir. Jamiyat va yakka ehtiyojlar. Jamiyat ehtiyojlari katta odamlar guruhi umuman mamalkat aholisiga xosdir. Ular o’zini qondirilishi uchun o’ziga xos sharoitlarni talab qiladi. Ularni ko’pchiligini bir odam amalga oshiraolmaydi, ular faqat jamiyat faoliyati, davlat yoki mahalliy hokimiyat institutlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Harbiy xavfsizlikka, jamiyat tartibini saqlash, ijtimoiy ta’minotga bo’lgan ehtiyojlar jamiyat ehtiyojlari hisoblanadi.Yakka ehtiyojlar shaxsiy, shuningdek o’z kombinasiyasiga ko’ra, aniq odamlarga xos bo’lgan iste’mol xususiyatlarni aks ettiradi. Ularni anchagina qismini individ mustaqil ravishda yoki xizmatlar sohasiga murojaat qilish orqali amalga oshiradi.Ijtimoiy va madaniy ehtiyojlar. Ular turli tuman bo’lib, ko’pgina hollarda o’ta muhim hisoblanadi va odamlarni butun ongli hayotida yo’ldosh bo’ladi. Ularni xususiyati shundaki, tug’ma etiyojlardan farqli o’laroq, ko’pgina hollarda madaniy muhit ta’sirida shakllanadi va shaxsni ijtimioy statusi, ma’lumot darajasi va umumiy rivojlanishi bilan bog’liq. Shuning bilan birga ijtimioy madaniy ehtiyojlarni ma’lum qismi, masalan fiziologik ehtiyojlar kabi o’ta zarur emas. Bir qism ijtimoiy-madaniy ehtiyojlar ko’pgina hollarda boshqalarga taqlid qilish yoki ijtimioy muhitni maqsadli yo’naltirilganligi ta’siri sababli paydo bo’ladi. Xususan ko’p hollarda odam ijtimoiy informasiya, moda va reklama ta’siriga moyil.Servis faoliyati keng spektrdagi birlamchidan (jismoniy, fiziologik) tortib eng murakkab (bilish, ma’naviy rivojlanish) insoniy ehtiyojlarga hozir javob bo’ladi.


Yüklə 39,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin