Servis sohasi iqtisodiyoti kafedrasi «iqtisodiyot» fanidan


Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining mezonlari va ko‘rsatkichlari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə6/20
tarix23.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#101767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Iqtisodiyot va turizm fakulteti servis sohasi iqtisodiyoti kafed

1.2.Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining mezonlari va ko‘rsatkichlari.
Bugungi kunda mehnat resurslari tarkibiga aholining tabiiy harakati o‘zgarishining ko‘payishi ta’sir ko‘rsatmoqda. SHuni ta’kidlash muhimki, mehnatga qobiliyatli yoshga kirayotgan yigit va qizlarning ko‘pchiligi mehnatga qobiliyatli aholini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni emas, balki uning tabiiy yo‘q bo‘lishi o‘rnini qoplaydi, ya’ni avlodlarning jadal almashuvi sodir bo‘ladi, u mehnat resurslarining sifat tarkibi keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti nuqtai-nazaridan, ishchi haqi darajasi ishchi kuchining muvozanatlashgan narxidan yuqori o‘rnatilganda, taklifning talabga nisbatan ko‘pligi paydo bo‘ladi, talab oshgani sari ish haqi ham oshadi, talab kamaygan sari esa, ish haqi ham kamayadi.
Mehnat bozorining asosiy indikatorlaridan biri ishlovchilarning ishga joylashish ko‘rsatkichidir. Shu nuqtai-nazardan olib qaraladigan bo‘lsa, ishga joylashganlar sonining ham mutlaq, ham nisbiy ko‘rsatkichlarning oshayotganligini mehnat bozoridagi ijobiy tendensiya sifatida baholash mumkin. Tajribaning ko‘rsatishicha mamlakat mehnat bozoridagi talab asosan malakasiz mehnatga yo‘naltirilgan degan fikrni qisman tasdiqlaydi. Ishlovchilar orasida ish joyini tez-tez o‘zgartiradigan, hamda uncha yuqori malakaga ega bo‘lmaganlarning ko‘pligi mehnat bozoridagi vaziyatni keskinlashtiradigan holatlardan biridir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatga bo‘lgan talabni rag‘batlantirishning birdan-bir vositasi investitsiyalar samaradorligini ta’minlashdir. Mehnatga bo‘lgan talabning navbatdagi omili o‘zaro bir-birini to‘ldiradigan mehnat resurslari bilan bog‘liqdir. Agar bitta stanokni xodim boshqarsa va bu xildagi stanoklar narxi oshsa, u holda bu stanoklarda ishlaydigan ishchilarga talab boshqa teng sharoitlarda pasayadi va aksincha bo‘ladi.
Mehnat bozorining mehnat munosabatlarini tartibga solishning samarali mexanizmini takomillashmaganligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini oshirishga va buning natijasi o‘laroq aholining oqilona ish bilan bandligini shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mеhnat bozorini samarali ishlash mеxanizmi haqida gap borar ekan avvalo uning shakllanish elеmеntlarini ko’rib chiqamiz






Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin