Servis sohasi iqtisodiyoti kafedrasi «iqtisodiyot» fanidan


-chizma. Mehnat bozori tizimini boshqarishning kontseptsual modeli



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə7/20
tarix23.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#101767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Iqtisodiyot va turizm fakulteti servis sohasi iqtisodiyoti kafed

1.2.1-chizma. Mehnat bozori tizimini boshqarishning kontseptsual modeli

Aholining oqilona ish bilan bandligini ta’minlashning takomillashtirilgan yangi mexanizmi quyidagi asosiy shart-sharoitlarning ta’sirini tartibga solishi lozim: ishchi kuchiga talabning oshishi va unga taklifning kamayishi; yollanma ish kuchiga mehnat haqini (narxini) eng past miqdorini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan minimal iste’mol byudjetidan kam bo‘lmagan holda belgilash; mehnatga qobiliyatli o‘smirlar, pensionerlar, ko‘p bolalik ayollar va nogironlar ish bilan bandligini oshirishni rag‘batlantirish; ishsizlarning malakasi, raqobat qobiliyati va safarbarligini oshirish, ish bilan bandlik xizmati infratuzilmasining samarali rivojlanishini ta’minlash va boshqalar.





1.2.2-chizma. Mеhnat bozori mеxanizmi.

O‘zbekistonda zamonaviy mehnat bozori hali tarkib topish jarayonidadir. U hali mezon asosida o‘zining yaqqol qiyofasiga ega bo‘lib ulgurganicha yo‘q. Bu jihatdan uni birinchi turga intiluvchi aralash mehnat bozori deb atash mumkin. Mazkur bozorning shu jihatlarini e’tiborga olgan holda uning infratuzilmasi rivojlanishining barcha demografik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa jihatlari quyidagi mezonlarda o‘z aksini topadi: ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasida bozor muvozanatiga erishish; mehnat bozorining sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash; aholining ish bilan bandligiga oid axborotlar tizimini takomillashtirish; kadrlarning kasbiy harakatchanligi va eksportabelligini rivojlantirish; ishsizlikni kamaytirish; malakali mehnat bozorini shakllantirish va boshqalar.


Mazkur mezonlar quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi: mavjud va yangi yaratilgan ish joylarining soni, mulkchilikning turli xil shakllari, aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan YAIMning hajmi; ishchi kuchi eksportidan kelgan tushum miqdori, aholining migratsion oqimi, eksport qilingan ishchi kuchi salmog‘i; mehnat resurslarining malaka va ma’lumot darajasi, mehnat bozoridagi raqobatbardoshlik, mehnat bozori institutsion tuzilmalari samaradorligi, samarali va egiluvchan mehnat bozorini shakllantirish va rivojlantirish; malakali kadrlardan foydalanish samaradorligi; malakali kadrlarni tayyorlashda moddiy-texnik ta’minot, oliy va o‘rta toifadagi mutaxassislar salmog‘i; ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lmagan shaxslar va ishsizlik soni hamda ularning nafaqa miqdori, yangi ishga joylashtirish, xizmat bo‘yicha boshqa ishga o‘tish munosabati bilan qayta tayyorgarlik, yangi ish joyiga ko‘chirib keltirish; mehnat bo‘limida hisobda bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari va lavozimlarining to‘liq ro‘yxati, mehnat bo‘limida hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ma’lumotlar, ishsizning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risidagi to‘liq axborot, ish beruvchilar to‘g‘risidagi axborot, yangi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash imkoniyatlari to‘g‘risidagi axborot, mulkchilikning turli xil shakllari va h.k.
Yuqorida qayd etilgan mezonlar va ularning ko‘rsatkichlaridan mehnatga layoqatli aholining oqilona ish bilan bandligini shakllantirishni tartibga solish mexanizmlarini, tegishli maqsadli kompleks dasturini hamda kompleks tahlili va istiqbolini belgilashning metodologik asoslarini yaratishda va ularni tadbiq etishda foydalanish mumkin.




    1. Yüklə 0,66 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin