Servis sohasi iqtisodiyoti kafedrasi «iqtisodiyot» fanidan


-diagramma. Respublika bo’yicha o’tkazilgan bo’sh ish o’rinlari yarmarkalari natijalari haqida ma’lumot (2-chorak 1-yarim yillik 2017-yil)



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə15/20
tarix23.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#101767
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Iqtisodiyot va turizm fakulteti servis sohasi iqtisodiyoti kafed

2.3.1-diagramma. Respublika bo’yicha o’tkazilgan bo’sh ish o’rinlari yarmarkalari natijalari haqida ma’lumot (2-chorak 1-yarim yillik 2017-yil)



2019-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 9,1 foizni tashkil etdi, O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba iqtisodiyotning rasmiy sektorida band kishilar soni 300 mingdan ortdi.
2019-yil iyun oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan respublikaning 104 ta shahar va tumanlarida ijtimoiy tadqiqot amalga oshirildi. Tadqiqot davomida fuqarolarning 462 ta o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 4 880 ta uy xo‘jaligi va 25 925 nafar fuqaro qamrab olindi.
Tadqiqot natijalarining tahlili iqtisodiy faol aholiga nisbatan ishsizlik darajasi 9,1 foiz ekanligini ko‘rsatdi, bu 2018-yilning mos davri ko‘rsatkichiga qaraganda 0,2 foizga kamdir. Qashqadaryo, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida eng yuqori ishsizlik darajasi qayd etildi – 9,4 foiz, eng kam ko‘rsatkich esa - Toshkent shahrida (7,7 foiz).
Ishga joylashishga muhtoj aholi soni 1 342,6 ming shaxsdan iborat bo‘lib, yoshlar orasidagi (30 yoshgacha) ishsizlik darajasi 15,1 foizni, 15-25 yoshdagilar o‘rtasida – 16,8 foizni, ayollar orasida esa 12,7 foizni tashkil etdi.
Mehnat resurslari soni 18 964 ming kishi bo‘lib, 2018-yilning yanvar-iyun oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 1 foizga ortgan. Iqtisodiy faol aholi soni 2018 yil mos davri ko‘rsatkichlariga qaraganda 181,5 mingga yoki 1,2 foizga o‘sgan. Iqtisodiy nofaol aholi soni 4 213,0 kishini tashkil etdi (0,1 foizga ortgan), bunday ko‘rsatkich homiladorlik ta'tili, tug‘ish ta'tili yoki 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar parvarishidagi ayollar sonining 4,4 foizga oshishi bilan izohlanadi. Ta'kidlash joizki, o‘z xohishiga ko‘ra band bo‘lmaganlar soni keskin kamayib, 805,6 mingdan 734 ming (8,9 foiz)ga tushgan, bu esa aholining mehnat va tadbirkorlik faolligi ortganligini bildiradi.
Bandlik tizimida iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo‘lganlar soni o‘sgani va norasmiy sektordagi bandlikning kamayganligi kuzatilmoqda. Xususan, iqtisodiyot sohalarida band bo‘lganlarning umumiy soni 13 408,4 ming kishiga yetdi, bu 2018-yilning yanvar-iyun oylaridagi ko‘rsatkichga qaraganda 1,4 foizga ko‘proqdir. Bunda iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo‘lganlar soni O‘zbekiston tarixida birinchi marta 326,3 minga yoki 6,2 foizga ortib, 5 593,6 ming kishiga yetdi. Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni esa aksincha, 137,7 minga yoki 1,7 foizga kamayib, 7 814,8 mingni tashkil etdi. Bu bevosita norasmiy tadbirkorlik faoliyati va ish o‘rinlarini legallashtirish chora-tadbirlari natijasidir.
Shuningdek, tadqiqot natijalari chet elga mehnat migratsiyasiga ketgan shaxslar soni 2018-yil mos davri bilan qiyoslaganda 1,9 foizga, 2 644,1 mingdan 2 594,1 minga pasayganligini ko‘rsatdi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida tuman va shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga ishga joylashtirishda yordam so‘rab 404 569 nafar shaxs murojaat qilgan bo‘lib, ulardan 138 173 nafarini 16-30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar tashkil etdi. Murojaat qilganlardan 167 713 nafari ishga joylashtirildi, 139 679 nafari jamoat ishlariga jalb qilindi, 10 085 nafari kasbga qayta o‘qitishga yo‘naltirildi, 31 938 nafar shaxsga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan birinchi marotaba ishsiz fuqarolar bandligini ta'minlashga ko‘maklashish bo‘yicha yangi xizmat turi – Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan beg‘araz moliyaviy yordam ko‘rinishidagi subsidiya va grantlar taqdim etish joriy qilindi.


XULOSA

Kurs ishida quyidagi xulosalar ishlab chiqildi:





  1. Faol siyosat sifatida biz, mehnat bozori tuzilmaviy kamchiliklarini bartaraf etish, ularning faoliyatlari samaradorligini oshirish, xususan, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarlarining samaradorligini oshirish tadbirlari va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagilarni taklif etamiz:

  • ish bilan bandlik xizmati mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish tartiblarini aniqlovchi, xususan, davlat me’yoriy hujjatlarini yaratilishida doimiy va faol qatnashuvchi bo‘lishi zarur;

  • mehnat bozoridagi holatlarning rivojlanishi tarkibiy ishsizlikni ishlab chiqarishning tarkibiy jihatdan qayta qurish dasturiga muvofiq ravishda qat’iyan jadal hal etishni ko‘rsatmoqda.

  1. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining rivojlanishida uning asosiy funksiyalaridan biri, mehnat bozorida samarali tadbirlarini va ish bilan bandlik sohasida har tomonlama o‘zaro samarali hamkorlikni ta’minlashi zarur.

Mehnat bozorining samarali shakllanishi uchun Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan quyidagi muhim tadbirlarni amalga oshirish lozim:

  • iqtisodiyot tarmoqlarida yuzaga kelayotgan tarkibiy o‘zgarishlarga muvoffiq ravishda kasbiy-malaka tizimi bo‘yicha uzoq muddatli istiqbollashtirishni amalga oshirish;

  • korxonalar va firmalarda ish joylarining mavjudligi va holatini baholashni tashkil etish, kasbi va malakasi bo‘yicha har bir ish joyi uchun kadrlarga bo‘lgan talabni ob’ektiv hisobini amalga oshirish;

  • statistika organlari bilan birgalikda viloyatdagi jami korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan talabning to‘liq hisobini yuritish;

  1. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlari funksiyalarining to‘liq bajarilishi uchun mehnat bozorida raqobatchilik muhitini shakllantiruvchi va uning turli segmentlaridagi faoliyatlar samaradorligini ta’minlovchi ixtisoslashgan va universal davlat mehnat birjalarini yaratish hamda ularning davlat ish bilan bandlik xizmati organlari bilan ish bilan bandlik sohasida har tomonlama o‘zaro aloqadorliklarini va hamkorliklarini yo‘lga qo‘yish zarur.

  2. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining turli yo‘nalishlardagi samaradorligini har tomonlama baholash bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish, uning xo‘jalik faoliyatiga baho berishda aniq xulosalar chiqarish imkonini yuzaga keltiradi.

Biz quyidagi ko‘rsatkichlarni ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyati samaradorligini baholashning amaldagi kompleks ko‘rsatkichlar tizimiga qo‘shishni taklif etamiz: ish izlovchi fuqarolarning ish bilan bandlik xizmatiga talab etilganlik darajasi; ish bilan bandlik xizmati organlari ko‘magi bilan ishga joylashtirish darajasi; talab va taklifning nomuvofiqligi darajasi; ish izlovchi fuqarolarni ishga joylashtirish koeffitsienti; ish bilan bandlik xizmati organlarining mehnat bozorini qamrab olish darajasi; murojaat qilish koeffitsienti; ish joylariga talabning qanoatlantirish darajasi; ishchi kuchi taklifi bo‘yicha ish joylarining qanoatlantirish darajasi.

  1. Ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatilarining turli darajalarini o‘z ichiga oluvchi va belgilangan, bir-biriga yaqin masalalarni bajarilishini ta’minlovchi funksional tuzilmalarining yaratilishi mehnat bozorida samarali davlat siyosatini yuritishning tashkiliy asosi bo‘lib hisoblanadi. Funksional tuzilmalar faoliyatining belgilangan masalalar bo‘yicha maqsadidan kelib chiqqan holda o‘zaro birikishi, ular o‘rtasida aloqadorlikni mustahkamlaydi va funksiyalar takrorlanishini minimumga tushirishni ta’minlaydi.

Yuqorida qayd etilgan xulosa va tavsiyalardan amalda foydalanish respublikamizda mehnat bozori infratuzilmasining samarali shakllanishi va rivojlanishiga olib keladi. Bu esa, aholini ish bilan oqilona ta’minlashning asosiy vositalaridan biri hisoblanadi.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin