Servis sohasi iqtisodiyoti kafedrasi «iqtisodiyot» fanidan



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə16/20
tarix23.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#101767
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Iqtisodiyot va turizm fakulteti servis sohasi iqtisodiyoti kafed

Ilovalar

  1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori.

  2. O’zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni.


1-ilova


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat organlari tuzilmasini takomillashtirish va fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish hamda mehnatini muhofaza qilish tizimini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3913-son qarorini ijro etish, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuklangan vazifalar ijrosi samaradorligini oshirish, vazirlik faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, mehnat, aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni samarali amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalarining Davlat mehnat inspeksiyasining tuzilmalari 4, 4a va 4b-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) mehnat, aholi bandligi, mehnat muhofazasi, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish, jumladan ularga ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan to‘sqinliksiz foydalanish, shuningdek, barcha turdagi transportlardan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan foydalanish uchun mehnat shart-sharoitlarini yaratish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish masalalari bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, ish beruvchilar bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi shart;
Inspeksiya xodimlari tomonidan qisqa muddatli tekshiruvlar, shu jumladan Inspeksiya xodimlarini davlat organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarga jalb qilish “Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini tekshirishlar monitoringi” idoraviy elektron axborot tizimida ro‘yxatga olinadigan tegishli mehnat organi rahbarining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi;
davlat organlariga Inspeksiya xodimlari zimmasiga ular vakolatiga kirmaydigan ishlarni bajarishni yuklash taqiqlanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
ikki oy muddatda — “Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini tekshirishlar monitoringi” idoraviy elektron axborot tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin, uni ishlab chiqishni, joriy etishni va texnik qo‘llab-quvvatlashni moliyalashtirish manbai sifatida O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘larini jalb qilishni nazarda tutsin;
4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga mehnat bozoridagi real vaziyatdan va ehtiyojdan kelib chiqib, tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining ishga joylashtirish bo‘yicha inspektorlarining shtatdagi soniga (ishlab chiqarish xodimlari), shuningdek, Inspeksiya tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Inspeksiyaning markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalariga 15 ta avtotransport vositasini xarid qilish va ularni saqlab turush uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining tejalgan mablag‘lari hisobidan limit ajratilsin.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin