2-bob. Aholi bandligi sohasini tartibga solish 6-modda. Aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari Aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
ish o‘rinlari tashkil etilishini rag‘batlantirish va aholi bandligiga ko‘maklashish, shu jumladan ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini hamda ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga hamda ularning malakasini oshirishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish orqali ko‘maklashish;
ishsiz shaxslarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish, ishsizlikni kamaytirish choralarini ko‘rish, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish;
yoshlarni, ayniqsa qishloq joylardagi yoshlarni, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari, kasb-hunar maktablari, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishni ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish;
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholi bandligi sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
aholi bandligi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
aholi bandligi sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
aholi bandligiga ko‘maklashish, shuningdek ishga joylashishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi;
aholi daromadlarining o‘sishini ta’minlaydigan munosib, unumli va mahsuldor bandlikni rag‘batlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshiradi;
ishga joylashtirishning ilg‘or shakllarini joriy etish bo‘yicha davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishini muvofiqlashtiradi;
moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini va mehnat sharoitlarini yaxshilash choralarini ko‘radi;
aholi bandligi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.