“Servis xizmati” yo„nalishi mazmuni, o„quvchilar egallashlari lozim bo„lgan bilim, ko„nikma va malakalar Tayanch so‘zlar


Tugmalar ishlatilishiga ko„ra quyidagicha tavsiflanadi



Yüklə 293,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix06.02.2023
ölçüsü293,13 Kb.
#83131
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
“Servis xizmati” yo„nalishi mazmuni, o„quvchilar egallashlari lo

Tugmalar ishlatilishiga ko„ra quyidagicha tavsiflanadi  
Ishlаtilishigа ko„rа: tugmаlаr pаlto, kostum, ko„ylаk, shim, ich kiyim, 
formа vа bolаlаr kiyimlаri uchun mo„ljаllаngаn хillаrgа bo„linаdi.
Mаteriаlgа qаrаb: tugmаlаrning metаll, shishа, shoх yoki suyak, sаdаf, 
yog„och, press kukundаn qilingаn vа boshqа хillаri bo„lаdi.
Tаshqi ko„rinishigа: ya„ni shаkligа ko„rа dumаloq, shаrsimon, ovаl, 
yarimshаrsimon tugmаlаr; sirtining hаrаkаtigа ko„rа silliq vа relyefli; 
rаngigа ko„rа qorа, oq, guldor, yoqut, kаhrаbo vа boshqа rаngli tugmаlаr 
bo„lаdi.


16.3. Buyumlarni ta‟mirlash  
Chokidan so„kilgan turli buyumlarni tikish. Kiyimlarni tuzatishda ish 
o„rnini to„g„ri tashkil qilish kerak. Bajariladigan ishga qarab ish o„rni 
tayyorlanadi. Bajariladigan ishlar qo„lda tikish, tugma qadash, petlya 
tikish, yamoq solish, kiyimning so„kilgan choklarini tikish, ilgak 
chatishdan iborat bo„lishi mumkin. Bu ishlar uchun stol va stul, tikuv 
mashinasi, dazmol, ish qutichasi va kerakli asboblar tayyorlanadi. Ish 
joyiga yorug„lik yaxshi tushib turishi kerak4.
Ayrim hollarda kiyimning choki so„kilib ketadi. Keskin qilingan harakat, 
juda katta qadam tashlash, kiyim tikilgan iplarning sifatsizligi choklarning 
so„kilishiga sabab bo„ladi. Kiyimning so„kilgan joyini tikish qo„lda yoki 
mashinada bajariladi. Buning uchun gazlama rangidagi g„altak ipi va igna 
kerak bo„ladi. Igna gazlama qalinligiga mos bo„lishi lozim.
Amaliy ish: Chokidan so„kilgan turli buyumlarni tikish. Asbob va 
moslamalar: ish qutichasi, g„altak ip, igna.
Ish quyidagi tartibda olib boriladi:  
1. So„kilgan joyidagi iplari olib tashlanib dazmollanadi.
2. Gazlamaning so„kilgan joyiga to„g„nag„ich qadaladi va qo„lda 
ko„klanadi. 3. Gazlamaning so„kilgan joyini qo„lda qaytma chok bilan 
mashina chokining qatorida tikib chiqiladi.
4. Ko„klov choklari olib tashlanadi va chok dazmollanadi.
5. Bajarilgan ishning sifati tekshirib chiqiladi, ya‟ni tikilgan qo„l qavig„i 
maydaligi, mashina chokining qatoriga to„g„ri kelishi, tekis tikilganligi 
tekshiriladi.

Yüklə 293,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin