“Servis xizmati” yo„nalishi mazmuni, o„quvchilar egallashlari lozim bo„lgan bilim, ko„nikma va malakalar Tayanch so‘zlar



Yüklə 293,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix06.02.2023
ölçüsü293,13 Kb.
#83131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
“Servis xizmati” yo„nalishi mazmuni, o„quvchilar egallashlari lo

Oziq-ovqat mahsulotlari  
Xamir mahsulotining ozuqaviy ahamiyati tarkibidagi uglevod (kraxmal) 
miqdori bilan, o„simlik oqsillari, yog„lar, V va RR turkumidagi 
darmondorilar bilan belgilanadi. Sariyog„ bilan tayyorlanadigan xamir 
mahsulotlarida A darmondorisi bo„ladi. Xamir mahsuloti taomlari yuqori 
darajada to„yimli, tashqi ko„rinishi chiroyli xushxo„r mazali va hidli 
bo„lib, boshqa mahsulotlarning ham hazm bo„lishini osonlashtiradi.
Xamir va hamir mahsulotlari hamir qoruvchi va ko„pirtiruvchi, mashinalar 
bilan jixozlangan maxsus qandolatchilik sexlarida tayyorlanadi. Xamir 
qorish va undan mahsulot tayyorlash uchun turli idish va asboblardan 
foydalaniladi. Jumladan: qozonlar, kastryulkalar, mexanik tovalar, 
yog„och va qandolatchilik patnislari, har xil teshikli elaklar, juvalar, hamir 
kesuvchi shakldor pichoqlar, xamir yoyuvchi moslamalar, ezuvchi 
yog„och yoki metall xovonchalar, chilcho„plar, qandolatchilik qopchiqlari 
va ularning har xil shakl beruvchi metall jihozli uchlari, har xil 
kurakchalar ishlatiladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida quyidagi hamir turlari tayyorlanadi: 
hamirturush solingan va hamirturush solinmagan; hamirturushsiz yog„, 
tuxum, sut,


shirinlik solingan hamir, biskvit, qaynoq suvga qorilgan hamir, shakarli 
(pesochniy), qatlama, oddiy (chuchvaralar, ugra uchun), suyuq hamir 
(klyar uchun).
Xamirning sifati ularning g„ovaklik darajasi bilan aniqlanadi. G„ovak 
hamirdan tayyorlangan mahsulot iste„molda oson hazm bo„ladi. Xamir 
mahsuloti tarkibidagi ko„p miqdordagi kraxmalning hazm bo„lishi qiyin. 
U fermentlar ta‟siri ostida tarkibiy qismlarga ajralib, glyukozaga aylanishi 
lozim. Bu fermentlar asosan so„lakda va oshqozon osti bezida bo„ladi. 
So„lak ta‟sirida buktirish uchun hamir mahsulotlari yumshoq bo„lishi 
kerak Xamir g„ovakli bo„lishi uchun turli yumshatuvchi moddalar 
ishlatiladi. Jumladan hamirturush, osh sodasi, ammoniy tuzi va hokazo.
Xamirturush ko„zga ko„rinmas mayda mavjudod (hamirturush 
qo„ziqorini) hisoblanadi. Ularni hayoti uchun suyuqlikda erigan holdagi 
shakar, oqsil, mineral mahsulotlar va qulay muhit bo„lishi lozim. Ularni 
yashashi va ko„payishi natijasida tayyorlangan hamir ichida ma‟lum 
darajada kraxmalni parchalanishi natijasida spirt, karbonat angidrid gazi 
hosil bo„lib, xamirda g„ovaklik holati yuzaga kelib, hamir hajmi oshadi.

Yüklə 293,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin