tovoqning faqat mehmon kutishdagina emas, oilada bolalarga bir xil
munosabatda ekaningizni anglatishda ham zo„r ahamiyati bor.
Ikkinchidan
ovqatlanish asboblari va idish tovoqlarning chiroyli bo„lishi
ro„zg„orning ziynati hamdir. Lekin ziynat deb bularni keragidan tashqari
ko„paytirib yuborish, ishlatilmay chang bostirib quyish aqliga muvofiq
emasdir. Ro„zgorda kerak bo„lmaydigan ortiqcha narsalarni saqlash bir
tomondan uyni tor qilib tursa, ikkinchi tomondan xonadonning didi
pastligini bildiradi.
Quyida ro„zg„or uchun kerak bo„ladigan asosiy bufet ashyolari va
ovqatlanish asboblarining qo„yxati keltirilgan. 2-3 kishilik oilalar
uchun:
1 ta samovar, 1 ta elektr choynak, 2 ta katta chinni choynak, 2 ta kichik
chini choynak, 3 ta har xil kattalikdagi tunuka yoki mis barkash, 6 ta katta
piyola, 1 ta kichik piyola, 1 ta olti kishilik choy servizi, 2 ta katta vava, 2
ta kichik vava, 2 ta non lagancha, 6 ta qonfet vavasi, 1 ta oqqand ombiri, 1
ta katta limon vilkasi, 6 ta sovuq ichimliklar uchun stakan, ushbu ashyolar
asosan non-choy uchun ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: